¤збекистон республикаси олий ва ¤рта


Zanjirli bir ipli baxya va baxya katorlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə14/37
tarix02.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#123802
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
¤збекистон республикаси олий ва ¤рта (2)

Zanjirli bir ipli baxya va baxya katorlari


Zanjirli bir ipli bahyalar (Rasm - 3.3.1.) materialni bir tarafida tashqi ko’rinishi bo’yicha mokili bahya qatoridan farq qilmaydigan punktir chizig`ini hosil qiladi: tikilayotgan materialni ikkinchi tarafida esa bahya qatori buklama glad halqa ustunining zanjir ko’rinishiga ega bo’ladi. Shu boisdan bu bahya «zanjirli» deb nomlangan.
Chalishuv hosil qilish uchun igna bilan P halqa mato orasidan o’tkaziladi. So’ng P halqani halqa iluvchi ilib oladi va u bahya qadami Ab kattalikda oldiga siljiydi. Igna ikkinchi marta matoni teshib P halqaga kiradi. Uning orasidan yangi endigina hosil bo’lgan P halqani olib o’tadi va jarayon qaytariladi.


Rasm - 3.3.1. Bir ipli zanjir baxya sxemasi.


Zanjirli bir ipli bahya qatori hosil qilish yo’nalishiga teskari yo’nalishda ip ustidan strelka I yo’nalishda tortilsa oson so’tiladi. Agar qarama - qarshi tarafdagi ip uchidan tortilsa, uning bahya qator uzilganda, bahya qatorning so’tilib ketishiga matoni ozgina cho’zilishi etarli bo’ladi. Bahya qatorining oxirgi ipi uchini strelka II yo’nalishi bo’yicha tortib bahya qatorini mahkamlab qo’yish mumkin.
Zanjirli bir ipli bahyada mokili ikki ipli bahyaga nisbatan 55- 60% ko’proq tikuv ipi sarf bo’ladi.
Bir ipli zanjir bahya qatori, ip uzilishi bilan oson so’tilib ketishi tufayli ko’p cho’zilmaydigan buyum uchastkalarida qo’llaniladi. Masalan: trikotaj polotnolarini bo’yashdan oldin chetlarini qo’shib tikishda, buyumlarga ishlov berishda, buyum detallarini vaqtinchalik qo’shishda.


    1. Zanjirli ikki ipli baxya katorlari


Zanjirli ikki ipli bahyalar matoning bir tarafida punktir chizig`ini, ikkinchi tarafida esa ustki va ostki iplardan tashkil topgan zanjirni hosil qiladi. Ustki A igna ipi (Rasm - 3.4.1.) tikilanayotgan mato orasidan P halqa ko’rinishida o’tadi, so’ng mato ostidan halqa iluvchi yordamida ostki B ipni P1 halqasiga kiritiladi. Shundan so’ng igna ipining yangi P2 halqasi matoning orasidan o’tkaziladi va ostki ipni P1 halqasiga kiritadi, ya’ni bahya hosil qilish jarayoni qaytariladi.
Ikki ipli zanjirli bahya ham bir ipli zanjirli bahyaga o’xshab bahya hosil qilish yo’nalishiga teskari yo’nalishda so’tiladi. Agar B va A iplarining uchlari navbatma - navbat tortilsa va ikkala ip bir vaqtning o’zida tortilsa, bahyalar so’tilmaydi.
Ustki ip uzilganda bahya qator ip uzilgan joyida so’tilmaydi. Agar ostki ip uzilsa, o’sha uzilgan joyda igna halqasi bo’shagandan keyin ostki ipni tortib, bahya hosil qilishga teskari yo’nalishda bahya qatorni so’tib yuborish mumkin.
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, zanjirli ikki ipli bahya zanjirli bir ipli bahyaga qaraganda kam so’tiluvchanlikga ega bo’ladi.
Ikki zanjirli chok bir iplikka o’xshab ko’ndalang yo’nalishda cho’ziladi. Bir qator izlanishlar ko’rsatkichlariga qaraganda zanjirli ikki ipli bahya qatorni
uzilmasdan uzayishi 30-35% gacha borishi mumkin. Bu bahya qatorini uzilishgacha bo’lgan pishiqligi mokkili bahya qatorga qaraganda ikki barobar ko’p.
Zanjirli ikki ipli bahya qatorga, mokkili bahya qatorga sarf bo’ladigan ipdan ikki barobar ko’p ip sarf bo’ladi.
Zanjirli ikki ipli bahya tayyor usulda to’qilgan buyumlarni, qo’lqop mahsulotlarini tikishda, hamda buyumlarga kashta tikishda ham qo’llaniladi. Bu erda shuni e’tiborga olish kerakki, matoni bir tarafida, halqa iluvchini iplari uch qatorga joylashadi. Bu esa qo’pol va qalin bo’lishiga olib keladi. Chokni ingichkalashtirish uchun halqa iluvchiga paxta kalava ipi o’tkaziladi. Bunda chok yumshoq bo’ladi.

Rasm - 3.4.1. Ikki ipli zanjir baxya qatorlar



  1. Yüklə 1,36 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin