Ignalar
Igna - matoni teshib, uning orasidan ip o’tkazadi. Ignalar shakli, konstruktsiyasi va o’lchamlari bo’yicha har xildir. Shakli bo’yicha to’g’ri (Rasm - 2.1.,a) va egri (Rasm-2.1.,b) ignalar ishlatiladi. Tikuv mashinalarining aksariyatida to’g’ri ignalar qo’llaniladi. Ularni mashinaga o’rnatish yuqori aniqlikni talab qilmaydi va ishlatishda, mustahkam va pishiqdir. Bundan tashqari to’g’ri ignalarni ishlab chiqarish jarayoni sodda va arzon.
To’g’ri igna kolba 1 va tig` 2 dan iborat. Kolba tig’ni qalinlashgan qismi bo’lib ignani igna ushlagichda mahkamlashda xizmat qiladi. Tig’i quyidagi qismlarga bo’linadi: kalta 3 va uzun 3 g`ovakchalar, kґzcha 5 va uch qismi 6. Igna matoga kirganda ip kalta va uzun g`ovakchalarga joylashadi. Bu g`ovakchalar ipni yґnaltirib, uni uzilishini va matoga ishqalanishini kamaytiradi.
Kalta g`ovakcha chuqur qilinmaydi, chunki igna matodan qaytib chiqayotganda ip igna bilan birga chiqmasdan ushlanib qolib, halqa hosil qiladi, sґng bu halqaga halqa iluvchi kiradi. Kalta g`ovakchani davomi (kґzchadan pastrog`i) igna matodan chiqayotganda ipni joylashishiga xizmat qiladi. Uzun govakchaga g`altakdan keluvchi ip joylashadi. Igna materialni teshib o’tib, o’zi bilan birga ipni tortib, eng pastki holatiga tushadi. Bunda ipning uzunligi mato ostida igna kґzchasini bosib ґtgan yґlidan ikki marta ko’p bo’ladi. Ip uzun g`ovakcha orqali igna tezligidan ikki marta kґp tezlikda harakat qiladi. Igna matodan qaytib chiqayotganda ipning bir qismi kalta g`ovakcha tomonidan halqa halqa iluvchi bilan ushlanib qoladi, ipni ikkinchi qismi esa uzun g`ovakcha orqali igna bilan qaytib chiqadi. Igna matodan qaytib chiqayotganda ip bilan mato orasida
ishqalanish kam bґlishi uchun uzun g`ovakcha, chuqurroq qilinadi. g`ovakchalarni chuqurligi va kengligi ip qalinligi bilan mos kelishi kerak.
Igna harakatlanayotganda g`altakdan uzun g`ovakcha orqali kelayotgan ip
1-kolba. 2-tig` qismi, 3-kalta g`ovokcha, 4- uzun g`ovokcha, 5-ko’zcha, 6-uch qismi.
Rasm - 2.1.Tikuv mashinalarida ishlatiladigan igna turlari ; to’g’ri (a) va egri (b) ignalar
igna ko’zchasi orqali o’tadi. Ip oson o’tishi uchun ko’zchani kattaligi ip qalinligiga mos kelishi kerak. Ko’zcha chetlari dumaloqlangan va silliqlangan bo’lishi kerak. Kalta va uzun g`ovakchalar ko’zchani yuqori qismida joylashganligi sababli, ko’zchani yuqori qismi, o’ta ingichka va uchli bo’lib qolishi mumkin. Igna tig`ini kuchaytirish maqsadida ko’zcha tepasida kichkina do’nglik qilinadi. Igna ipini halqa iluvchi ilib olishi yana ham ishonchli bo’lishi uchun ko’p ignalarda kalta g`ovakcha tomonidan ko’zchadan 1-2 mm yuqorida o’yiqcha bo’ladi. Bu o’yiqchaga halqani ilib olish vaqtida halqa iluvchining burunchasi kiradi. Mato iplarini surib kirishi uchun igna yumaloq qilib o’tkirlanadi, ammo teri va boshqa materiallarni tikishda, igna uchi oval yoki lopatka shaklida o’tkirlangan bo’ladi.
Turi va guruhi bo’yicha, igna mashinaga mos ravishda tanlanadi. Standart (GOST 7322 - 55) bo’yicha tikuv mashinalarining ignalari sinflangan. Bu sinflar:
turlarga - tig` shakli va o’tkirlash shakliga qarab (igna turi arab raqamlari bo’yicha 1,2,3,4 va h. k. belgilanadi) ignalarning 29 turi mavjud.
Guruhlarga - asosiy o’lchamlariga qarab (igna guruhi rus alfaviti bo’yicha A, B, V, G, D va h. k.) belgilinadi.
Raqamlarga qarab - tig` diametri bo’yicha (igna raqami ichki tig` nominal diametrining yuzdan birini bildiradi) igna qancha ingichka bo’lsa, uni nomeri shuncha kichik bo’ladi. Turi, guruhi va nomeri har bir igna kolbasida ko’rsatilgan. Masalan, R 1-A-65 (1-igna turi, A-igna guruhi, 65-igna raqami).
Dostları ilə paylaş: |