45
8-MAVZU. AUDITNING AXLOQ KODEKSI
Takrorlash uchun savollar
1. Axloq me’yorlari deganda nimani tushunasiz?
2. Auditning axloq kodeksi mohiyati nimadan iborat?
3. Axloq kodeksini ishlab chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
4. Axloq kodeksining tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
5. Mustaqillik, vijdonlilik, konfidentsiallik tamoyillari qanday xususiyatga ega?
6. Umuminsoniy me’yor va tamoyillarga amal qilish,
jamiyat qiziqishlarini
inobatga olish deganda nimani tushunasiz?
7. Auditorning ob’ektivligi va e’tiborliligi deganda nimani tushunasiz?
8. Auditorning kasbiy mahorati deganda nimani tushunasiz?
9. Soliq munosabatlari deganda nimani tushunasiz?
10. Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati
deganda nimani tushunasiz?
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
1-masala.
Siz o’zingizga bir necha yildan beri mijoz bo’lib kelayotgan «Ray»
nomli kichik korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish bo’yicha shartnoma
imzoladingiz. Siz ushbu vaqtda boshqa tashkilotning
xizmatini qilayotgan edingiz,
shu boisdan siz o’z yordamchingiz (auditor yordamchisi)ni mazkur mijoz korxonaga
jo’natdingiz va debitor qarzlarni tekshirishni boshlashni tayiinladingiz. Siz jo’natgan
yordamchingiz o’tgan hisobot davridagi ishchi hujjatlarndan foydalangan holda
schetlar qoldig’ini aniqladi, debitorlarni
xronologik tarzda ajratdi, debitor qarzlarni
tasdiqlash uchun 3-shaxslarga so’rov jo’natdi, qarz va kreditlarni tasdiqlovchi
hujjatlarni o’rgandi. Bundan tashqari u debitor qarzlarni undirishning qonuniyligi va
ehtimolligi bo’yicha dalillar to’pladi. Siz uning ishi natijalarini va to’plagan ishchi
hujjatlarini ko’rib chiqib, yordamchingiz o’tgan hisobot davri hujjatlaridan to’g’ri
foydalanganiga amin bo’ldingiz.
Dostları ilə paylaş: