Talab qilinadi: Auditor Djon Veyxmeyerga kasbiy etika me’yorlariga rioya
qilgan holda qanday bo‘lishi haqida maslahat bergan bo‘lar edingiz?
6-masala. «Ernst & Young» auditorlik kompaniyasining 3 kishidan iborat
auditorlari «Gross insurance» sug‘urta kompaniyasini auditdan o‘tkazmoqda.
Auditorlardan biri korxona bosh direktori muoviniga yaqin qarindoshchiligi borligi
aniqlandi.
Talab qilinadi: 1.
Bunday holda auditning etika me’yorlariga zid bo‘ladimi?
2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim;
Mavzu bo`yicha testlar 1. Auditor kasbining maqsadi nimada namoyon bo’ladi? A. Asosan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun, eng yuqori samaradorlikka erishish
uchun oliy darajadagi professionalizm me’yorlariga mos ishlashdan iborat
B. Korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni huquqni
muhofaza qilish organlariga berish
S. Korxona moliyaviy ma’lumotlari to’g’risida tegishli yuqori tashkilotlarga axborot
berish
D. Korxonaning moliyaviy faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza
qilish organlariga berish
2. Auditorlar noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor qilmasligi lozimligi Axloq kodeksining qaysi tamoyiliga mos keladi? A. Ob’ektivlik
B. Ziyraklik
S. Mustaqillik
D. Maxfiylik
3. Auditorlar qo’l ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi zarurligi Axloq kodeksining qaysi tamoyilida belgilangan? A. Ziyraklik
B. Mustaqillik
S. Ob’ektivlik
D. Maxfiylik
4. Auditorlar bilim darajasini doimiy ravishda mustahkamlab borishi zarurligi Axloq kodeksining qaysi tamoyilida belgilangan?
48
A. Professional kompetentlik
B. Mustaqillik
S. Ob’ektivlik
D. Maxfiylik