177
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, tijorat banklari omonatchilarning
moliya mablag‘larini jalb etadi hamda ularni kreditlar berish, va o‘z
nomlaridan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda foydalanadi. Omo-
natchilar – alohida shaxslar yoki korxonalar, firmalar yoki tashkilotlar
bo‘lib, mablag‘larning egasi hisoblanadi. Ular o‘z mablag‘larini
banklarga chek va jamg‘arma hisobvaraqlari, muddatli omonatlar va
boshqa xil moliya vositalari shaklida «topshirish»ni rasmiylashtirgan
holda vaqtincha foydalanish uchun taqdim etadilar. Bank nuqtayi
nazaridan qaraganda, mana shu hisobvaraqlari va omonatlarning
barchasi qarz majburiyatlari hisoblanadi, chunki ular bo‘yicha bank o‘z
omonatchilaridan «qarzdor» sanaladi. Shuning uchun ham, u bank
balansining passiv qismiga tegishli, bu yerda faoliyatning turli
yo‘nalishlari bo‘yicha bankning hamma qarzlari ro‘yxati beriladi.
Shular bilan bir qatorda bank o‘ziga qarashli aksiyadorlik
mablag‘ini ham qo‘shib, jalb qilingan mablag‘larni turli aktivlar yoki
faoliyat yurituvchilar o‘rtasida joylashtiradi va ular bank balansining
aktiv qismida aks ettirilgan.
Tijorat bankining taxminiy balansi bank aktivlari va passivlari
tarkibi hamda tuzilishini tasvirlashning umumiy qabul
qilingan andozasi
hisoblanadi. Balans ularning ma’lum muddat ichidagi holatini qayd
etadi, ya’ni balans iqtisodiy subyekt moliyaviy ahvolining bir lahzalik
tavsifidir. Masalan, aytaylik, 2004-yil 1-yanvarga tayyorlangan balans-
dan bankning 2003-yilda omonatchilarning jalb qilingan mablag‘larini
qanchalik muvaffaqiyat bilan joylashtirilganligini yoki bu mablag‘lar
qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning eng maqbul tarkibiy tuzilishi ko‘p
jihatdan uning keyingi yillardagi hayotga qodirligi hamda likvidligini
belgilab qo‘yganini ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: