179
ya’ni omonatchi istalgan paytda talab qilib olishi mumkin bo‘lgani
uchun ham, qonunchilikda, bank aktivlarining ma’lum bir qismini
ishonchi yuqori likvidlik shaklida saqlab turishi ko‘zda tutiladi.
Shuning uchun ham, pullar uzoq muddatga berishga, ayniqsa,
belgilangan foizli stavka bo‘yicha (bu pulning qadrsizlanishi davom
etayotgan sharoitda bank uchun og‘ir yuk bo‘lib tushadi) kreditlashga,
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ularga xos xususiyatdir.
Masalan, O‘zbekiston tijorat banklari taqdim etgan kreditlarning
umumiy hajmida qisqa muddatli kreditlar ulushi 80-85 foizni tashkil
etadi, faqat qolgan kichik qismigina uzoq muddatli kreditlar ulushiga
to‘g‘ri keladi.
Bank balansining passiv qismidagi «Talab qilib olinguncha saqla-
nadigan depozitlar, jamg‘arma depozitlar, muddatli depozitlar, banklar-
ning depozitlari» birinchi darajali, eng muhim moddalar hisoblanib,
odatda, ular bank passivining 70-80 foizini tashkil qiladi. Depozitlar
juda harakatchan bo‘lganligi tufayli, bank o‘zining yuqori likvidligini
ta’minlashi uchun doimo depozitlarning mijozlar tomonidan ommaviy
ravishda olinishiga tayyor turishi lozim. Buning ma’nosi shuki, banklar
kreditlar va boshqa aktivlardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari
lozim va bu yo‘lda xatoga yo‘l qo‘yilsa, bankning inqirozga uchrashi
ehtimoli kuchayadi. Bank passividagi ikkinchi darajali moddalar «Bank-
lararo qarzlar va boshqa qarzlar» bo‘lib, bu moddalar joylashgan hisob-
varaqlar ham kattagina hajmdagi mablag‘larni tashkil qiladi.
Depozitlardan tashqari bank passivining «Boshqa qarzlar» moddasi
ham ikkinchi darajali majburiyatlarni to‘plash manbayi hisoblanadi.
Banklararo qarzlarga yana kelgusida qayta sotib olish majburiyati
bilan banklarga sotiladigan yoki banklardan sotib olinadigan qimmatli
qog‘ozlar kiradi. Ular ham ikkinchi darajali majburiyatlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: