Buxgalteriya jurnali bankda kun davomida butun operatsiya-
larning debeti va krediti bo‘yicha aylanmalarni qayd qilish uchun
mo‘ljallangan. Jurnal birinchi tartibli
bank schyotlari bo‘yicha yuriti-
ladi, kun oxirida har bir birinchi tartibli balans schyoti bo‘yicha aylan-
malar yig‘indisi, shuningdek, jurnal bo‘yicha umumiy jami hisoblanadi.
Bunda debet bo‘yicha barcha schyotlarning umumiy jamisi kredit bo‘-
yicha umumiy jamisiga to‘g‘ri keladi.
Kassa jurnallari kassa bo‘yicha kirim-chiqim hujjatlariga asosan
yuritilib, mijozlarning shaxsiy schyotlarining tartib raqamlari, kassa
rejasi va summa belgilari ko‘rsatiladi. Operatsion ish vaqtining oxirida
birinchi tartibli har bir korrespondensiyalanadigan schyot bo‘yicha va
kassaning kirim-chiqim bo‘yicha umumiy yig‘indisi hisoblanadi. Hi-
soblangan jamlamalar bankning aylanma kassasi bilan solishtiriladi,
keyin esa kassa jurnallari ma’lumotlari buxgalter jurnaliga o‘tkaziladi.
Agarda bankda kassa rejasi moddalarining umumiy jami chiqarilgan
mustaqil kassa rejasini bajarish qaydnomasi tuzilsa, bunda u kassa
jurnali sifatida foydalanilishi mumkin.
Yig‘ma varaqalar birinchi tartibli balans schyotlari bo‘yicha
yuritiladi. Agarda chorak va yillik aylanma qaydnomalarida ikkinchi
tartibli schyotlar bo‘yicha aylanmalar ko‘rsatilishi kerak bo‘lsa, bu
holda yig‘ma varaqalar ikkinchi tartibli schyotlar bo‘yicha ham
yuritiladi.
Yig‘ma varaqalarda har kuni tegishli balans schyotlarida ochilgan
analitik hisobning shaxsiy varaqalari bo‘yicha kunlik debet va kredit
aylanmalar va kun oxiridagi qoldiq hisoblanadi. Yig‘ma varaqalardagi
debet va kredit bo‘yicha aylanmalar buxgalter jurnali ma’lumotlari bilan
solishtiriladi, qoldiqlar summasi esa debet va kredit aylanmalari sum-
185
malarining kun boshidagi va oxiridagi summasi bilan solishtirilib tek-
shiriladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, aktiv-passiv schyotlar bo‘yicha
aylanmalar yig‘ma varaqalarda alohida analitik tarzda ajratib ko‘r-
satiladi.