immobi-
lizatsiya
qilish moddalari ajratilib ko‘rsatilmaydi. Natijada yuqorida
qayd qilingan ko‘rsatkichlarni hisobga olishning imkoniyati bo‘lmaydi.
Ikkinchi koeffitsiyentni olsak, uni hisoblash uchun surat va
maxrajni taqqoslama holga keltirish kerak. Buning uchun yillik foydani
aktivlarning o‘rtacha yillik summasiga bo‘lish kerak. Shu bilan birga,
ustav fondining foydalilik darajasini aniqlash lozim.
Jalb qilingan resurslardan foydalanish darajasini xarakterlash uchun
jalb etilgan barcha resurslarga (banklararo qarzlarni ham qo‘shgan
holda) foyda keltiruvchi (ishlaydigan) aktivlar nisbatini hisoblash tav-
187
siya etiladi. Qisqa muddatli likvidlik odatda likvidli aktivlar va talab
qilib olinadigan majburiyatlarni taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Shu
bilan birga, joriy likvidlik koeffitsiyentidan foydalanish taklif etiladiki, u
bankdagi naqd pullarning talab qilib olinadigan majburiyatlarga
nisbatidan iborat.
Bu yerda masala shundan iboratki, xalqaro amaliyotga muvofiq
holda likvid aktivlar tarkibiga 30 kun davomida uziladigan kreditlar
qo‘shiladi. Biroq, bu aktiv turlari bizning mamlakatimizda pul bozo-
rining mavjud emasligi, korxonalarning esa to‘lovga to‘la qodir emasligi
sababli uncha likvid bo‘lolmaydi. Shuning uchun ko‘rsatilgan mablag‘-
lar bankdagi naqd pullarni hisoblashda inobatga olinmaydi. Aksincha,
keyingisi tarkibiga majburiy bank zaxiralarning variantlaridan biri
sifatida qarash mumkin, chunki ular bank tomonidan jalb etilgan mab-
lag‘larni joylashtirishni tavsiflaydi.
Talab qilib olinadigan majburiyatlarga kelganda, ular jumlasiga
hisob-kitob va joriy schyotlardagi qoldiqlar va kreditorlik qarzlarini hi-
sobga olish zarur. Depozitlar, banklararo zayomlar va balans orti
majburiyatlar zaruriy rasshifrovkalar mavjud emasligi sababli hisobga
olinmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu yerda talab qilinish darajasi
yuqori bo‘lgan passivlarni hisobga olish zarur.
Ko‘rib chiqilgan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan tashqari bank
balansini tahlil qilishda quyidagi koeffitsiyentlarni ham hisoblash
maqsadga muvofiq:
ishlaydigan aktivlarning umumiy aktivlardagi ulushi;
tezkor depozitlarning umumiy passivlar summasidagi ulushi;
banklararo zayomlar summasining umumiy passivlar summa-
sidagi ulushi.
Balans tahlilini quyidagi ma’lumotlar asosida bajaramiz (29-jadval).
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, eng yuqori rentabellikka, ya’ni
ustav fondining yuqori darajada qoplay olish qobiliyatiga «G» banki,
eng yuqori ulushdagi (91,5%) ishlaydigan aktivlar evaziga erishgan. Shu
bilan bir qatorda «G» banki joriy likvidlikni ham yaxshi darajada
(45,8%) ta’minlagan.
|