Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Muayyan davr mobaynida bankka



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   354
Bank iwi

Muayyan davr mobaynida bankka 
kelib tushgan mablag‘lar 
=
Muayyan davr mobaynida sarf 
qilgan mablag‘lar 
Bu hisobot quyidagi ko‘rinishga ega: 

 Mablag‘lar 
manbayi 
mln. 
so‘m 
Olingan mablag‘lar 
Bank operatsiyalari 

sof daromad 
to‘lanadigan moddalar, daromaddan tashqari 
amortizatsiya xarajatlari yoki amortizatsiya ajratmalari 
kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi 
boshqa moddalar 
jami bank operatsiyalaridan olingan mablag‘lar
Balans aktivining kamayishi 
II 
naqd pullar va boshqa «Nostro» hisobvaraqlaridagi 
depozitlar 
investitsiya qimmatli qog‘ozlari 
savdo hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar 
qayta sotish maqsadida sotib olinadigan qimmatli qog‘ozlar 
boshqa aktivlar 
Balans passivida majburiyatlarning ortishi 
III 
qisqa muddatli qarzlar 
uzoq muddatli qarzlar 
moliyalashtirishning boshqa manbalari 
jami olingan mablag‘lar
Sarf qilingan mablag‘lar 

Aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar 


191
investitsiya qimmatli qog‘ozlari 
kreditlar, jami 
boshqa aktivlar 
II 
Balans passivida majburiyatlarning kamayishi
III 
Depozitlar 
IV 
Uzoq muddatli qarzlar (ipoteka qarzlari) 

Boshqa majburiyatlar 
VI 
Mablag‘larning boshqa hujjatlarga yo‘naltirilishi 
Jami sarf qilingan mablag‘lar 
[117]
. Moliyaviy hisobotning yana bir qismi – aksiyadorlar 
sarmoyasi haqidagi hisobot, ya’ni sarmoya harakati balansidir. Bu 
hisobotda ro‘y bergan o‘zgarishlar o‘z aksini topadi. Bu hisobot orqali 
aksiyadorlar muayyan vaqt o‘tishi bilan sarmoya uchun sarf qilingan 
mablag‘larda qanday o‘zgarishlar yuz berganini aniqlaydilar. 
Aksiyadorlar sarmoyasi bankning moliyaviy asosini tashkil qilib, 
yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashga va omonatchilar hamda boshqa 
kreditorlar huquqini himoya qilishga qaratilganligi tufayli sarmoyadagi 
o‘zgarishlarni nafaqat aksiyadorlar, balki nazorat organlari va yirik 
mijozlar ham kuzatib boradilar. 
Bank aksiyadorlari sarmoyasi haqidagi hisobot quyidagi ko‘rinishda 
bo‘ladi: 
1. Sarmoya harakati balansi (hisobot davri boshida). 
2. Hisobot davrida sof foyda (zarar). 
3. Aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar: 
oddiy aksiyalarga dividendlar;
imtiyozli aksiyalarga dividendlar. 
4. Yangi aksiyalarning emissiyasi (muomalaga chiqarilishi). 
5. Bankning moliya bo‘limida saqlanayotgan o‘z aksiyalarining 
savdosi. 
6. Sarmoya harakati balansi (hisobot davri oxirida). 
[118]
. Joriy buxgalteriya hisoboti har bir oy va har bir kvartallar 
yakunlari hisobotlariga bo‘linadi. Hisobotlarni tuzish tartibi, ularning 
mazmuni va taqdim etish muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi MB 
belgilab beradi. Har bir oy yakuni bo‘yicha tuziladigan joriy hisobotlar 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
balans (1-shakl); 
umumiy balans (bank filiallari balanslarini o‘z ichiga olgan); 
mablag‘lar yo‘nalishi va ularni jalb qilish muddatiga qarab 
balansning ayrim schyotlari rasshifrovkasi; 


192
yirik kreditorlar ro‘yxati; 
«Bank ustav fondi» balans schyoti bo‘yicha rasshifrovkasi; 
iqtisodiy normativlar hisobi; 
majburiy zaxiralar fondi hisobi; 
korrespondent 
schyotlar bo‘yicha balans schyotlari rasshif-
rovkasi. 
Tijorat banklari tomonidan oylik buxgalteriya hisoboti O‘zbekiston 
Respublikasi MB bosh boshqarmasiga va soliq tashkilotlariga taqdim 
etiladi. 
Tijorat banklarining yillik buxgalterlik hisoboti quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
yillik balans (1-shakl); 
foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); 
foydadan foydalanish to‘g‘risida balansga ilova (3-shakl); 
bank fondi tarkibi, maxsus sanalgan fond va turli mablag‘lar 
to‘g‘risida ma’lumotnoma (5-shakl); 
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar haqida hisobot; 
korrespondent va subschyotlardagi mablag‘lar qoldig‘i haqida 
ma’lumotnoma; 
mehnat bo‘yicha hisobot; 
yillik buxgalteriya hisoboti bo‘yicha tushuntirish xati. 
Yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi, so‘ngra 
ma’lumotlarning haqqoniyligiga, hisobotning esa amaldagi buxgalteriya 
hisobi normativlari va qonunchiligiga mos ekanligiga ishonch hosil 
qilingach, hisobot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga top-
shiriladi. 
[119]
. Bank rahbarlari moliyaviy hisobotning natijalari bilan 
tanishayotganda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim. 
Ma’lumki, bank faoliyati asosan qarzga olingan mablag‘lar, ya’ni jalb 
qilingan depozitlar va nodepozit mablag‘larga bog‘liq. Agar bank aksi-
yadorlarga to‘lanadigan to‘lovlar hajmini oshirishni davom ettiraversa, 
bankning moliyaviy tayanchi, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan jalb qilingan 
mablag‘lar muvozanatida bank uchun salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
Shunday hollarda bank rahbariga quyidagilar tavsiya qilinadi: 
bank doimo jalb qilingan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘liq miqdorda 
qaytarib berishni ta’minlashi lozim, chunki mablag‘larning o‘z vaqtida 
qaytarilmasligi bank daromadlari va hatto bankning kelajakdagi faoliyati 
uchun ham katta xatarni yuzaga keltirishi mumkin; 


193
nodepozit mablag‘larning omonatchilar depozitlariga qo‘shimcha 
ravishda bank tomonidan sarf qilinishi o‘sib borsa, (chunki deyarli bar-
cha banklarning o‘z sarmoyasi depozitlarga qaraganda ancha kam), bo-
zorda tez sotiladigan va yuqori sifatli aktivlarning ulushi kechiktiril-
masdan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlardan yuqori bo‘lishini ta’-
minlash maqsadga muvofiq. 
daromadlar asosan kreditlarga va qimmatli qog‘ozlarga o‘rna-
tilgan foiz to‘lovlari asosida aniqlanadi. Eng yuqori xarajat moddasi bu 
qarzga olingan mablag‘larga to‘lanadigan foizlardir.
Bunday hollarda rahbar investitsiyalarni tanlashda puxta o‘ylab ish 
ko‘rishi lozim. Natijada katta «daromad keltiruvchi» aktivlar mo‘ljaldagi 
daromadni keltirish va umuman, ko‘zda tutilgan daromadni olish 
mumkin. Bank daromadi va xarajatiga foiz stavkasining ta’siri yuqori 
bo‘lganligi tufayli rahbariyat foiz o‘zgarishini avvaldan e’tiborga olishi 
yoki foiz o‘zgarishi tufayli bankni zarar ko‘rish ehtimolidan sug‘urtalash 
(xejirlash) orqali himoyalashi lozim. 
Bank aktivining asosiy qismi moliyaviy aktivlardir (kreditlar va 
qimmatli qog‘ozlar). Aktivning ma’lum darajada oz qismini bino va usku-
nalar (mutlaq belgilangan aktivlar) tashkil qiladi. Shuning uchun odatdagi-
dek banklar juda cheklangan miqdorda operatsion tayanchlardan foy-
dalanadilar. 
 [120]
. Buxgalteriya hisobining xalqaro tamoyillariga o‘tish 
muammosi va uning echilishi mamlakat bank tizimining shakllanishida 
muhim o‘rin tutadi. Hozirgi vaqtda tijorat banklarida ushbu masalani 
yechish uchun imkoniyatlar vujudga kelgan bo‘lsa-da, biroq ularning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi omillar mavjud: 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin