195
ularni kredit xarajatlarini bashorat qilishga mo‘ljal oladi va zaxira
fondlari miqdorlari va muddatlariga mos holda tavakkalchilikda hosil
qilishni rag‘batlantiradi.
Yangi planschyotlari 1998 – yildan kiritilgan bo‘lib, moliyaviy
statistika sohasidagi xalqaro tashkilotlar talabini hisobga olgan holda
ishlab chiqilgan. U jahon amaliyotida tan olingan quyidagi tamoyil-
lardan foydalanishni ko‘zda tutadi:
kredit tashkilotlari faoliyatining uzluksizligi;
hisobga olish usullarining va buxgalteriya hisobi qoidalarining
o‘zgarmasligi;
mazmunning shakldan ustun bo‘lishi;
bank operatsiyalarini amalga oshirishda ehtiyotkorlik;
aktiv va passivlarni turlicha aks ettirish;
kiruvchi balansning mustahkamligi;
muhimlik;
hisobga olishning oshkoraligi;
qisqa muddatli qarzlarning uzoq muddatli qarzlarga aylantirish,
ya’ni konsolidatsiya qilish tamoyillari kiradi.
Banklar balansini yangi schyotlar asosida tuzish moliyaviy hisobot
sifatini yaxshilashga, kredit tashkilotlari faoliyatini boshqarish uchun
zarur bo‘lgan ma’lumotlarning ishonchlilik va amaliylik ahamiyatini
yanada oshirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: