189
va boshqariladigan resurslar (ya’ni, depozitlar, depozit sertifikatlar, bank-
lararo zayomlar) salmog‘i bilan belgilanadi. Shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha
eng yuqori ko‘rsatkichlarga «J» banki (60,2%), «B» banki (59,2%), «G»
banki (53,7%) erishganlar. Biroq dastavval sanab o‘tilgan
ikkita bankda
boshqariladigan resurslar asosan banklararo zayomlar evaziga shakllangan.
Bu bankning xarajatlarini ko‘paytiradi, shu bilan birga uning tashqi omil-
larga bog‘liqligini kuchaytiradi.
Shunday qilib, bank balansini tahlil qilish uchun taklif qilingan
ko‘rsatkichlar ekspress tahlilni amalga oshirish uchun juda qo‘l keladi
va bankning faoliyatini, uning rentabelligi va likvidligini baholashda ju-
da kuchli qurol hisoblanadi.
[115]
. Balansdan tashqari moddalar balans
aktivlari va passivlariga
aloqasi bo‘lmagan boyliklar, hujjatlar, topshiriqnomalarni hisobga olish
maqsadida qo‘llaniladi. Balansdan tashqari moddalar quyidagi bo‘lim-
lardan iborat:
zaxira fondlaridagi pul biletlari va tangalar;
qarzdorlarning muddatli majburiyatlari va ssudalar;
bank tomonidan inkasso uchun va yo‘ldagi
hisob-kitob hujjatlari
asosida kreditlar bilan ta’minlash uchun qabul qilingan hisob-kitob
hujjatlari;
qat’iy hisobotda turuvchi blankalar;
pul belgilarini muomalaga chiqarishga ruxsatnomalar;
to‘lov uchun akkreditivlar va boshqalar.
Balansdan tashqari moddalar banklar balansida yakuniy balans
hisobvaraqlaridan keyin joylashtiriladi.
Balansdan tashqari moddalar bo‘yicha operatsiyalar bankning moli-
yaviy ahvoli to‘g‘risidagi
hisobotlarga kiritilmasa ham, bank uchun
xatarlidir. Bu xatar ayniqsa mijozning uchinchi shaxsdan olgan kreditini
bank tomonidan kafolatlanishida o‘z aksini topgan. Agar bank mijozi,
uchinchi shaxsdan olgan kreditini qaytarish imkoniga ega bo‘lmasa,
unga kafillik bergani uchun, bank bu kreditni to‘laydi.
[116]
. Bank mablag‘lari manbayi va ulardan foydalanish
to‘g‘risidagi hisobot quyidagi ikki muhim
savolga javob berish uchun
tuziladi:
bank muayyan bir davrda foydalangan mablag‘larni qayerdan
olgan?
bank ushbu mablag‘larni nimalarga sarf qilgan?
Hisobot quyidagilar asosida tuziladi: