Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   354
Bank iwi

Jamg‘arma depozitlarning
boshqa depozitlardan ajralib turadigan 
xususiyati shundaki, bank omonatchiga omonat daftarchasi beradi. Jam-
g‘arma depozitlar davriy badallar asosida shakllanib, muayyan maqsadni 
amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda, ma’lum miqdorda pul sum-
masini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi. 
Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa, yoki taqdim 
etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko‘ra 
unga yangi omonat daftarchasini beradi. 
Muddatli depozitlar
– yuridik va jismoniy shaxslarning shartno-
mada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga 
doir mablag‘laridir. 
Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi: 
muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar; 
muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar; 
muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar; 
muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar; 
muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozitlar; 
Agar muddatli depozit muddati o‘tgandan keyin mijoz tomonidan 
talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan 
taqdirda, asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tka-
ziladi. 
Muddatli depozitlar ikki xil bo‘ladi: 
xususiy muddatli depozitlar; 
avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yiladigan muddatli depo-
zitlar. 
Xususiy muddatli depozit
omonatchi tomonidan bank ixtiyoriga 


210
shartnoma asosida ma’lum muddatga butunlay beriladi. Muddat tuga-
gandan so‘ng, qo‘yilma omonatchi tomonidan xohlagan vaqtda olinishi 
mumkin. Bunday depozit uchun to‘lanadigan foiz depozitning muddati, 
hajmi va omonatchi tomonidan shartnomaning bajarilishiga bog‘liq. 
Avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yilgan muddatli depo-
zitni 
olish uchun shartnomaga ko‘ra, omonatchi qachon va qancha 
miqdorda mablag‘ini olishi haqida bankka xabar berishi lozim. Xabar 
berish muddatiga ko‘ra, omonatga foiz o‘rnatiladi. Muddatli depozit-
larning hajmi shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida o‘zgartirilmaydi. 
Bu depozitlardan joriy hisob-kitoblar, to‘lovlar uchun foydalanilmaydi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin