209
ularning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi lozim.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra,
shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning
boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin. Bu depozitlar bank-
ning jalb qilingan mablag‘larining salmoqli ulushini egallaydi. Ular
bankning eng arzon resurslari hisoblanadi. Mijozning har qanday vaqtda
ogohlantirmasdan bu mablag‘larni olishi ehtimoli bankdan yuqori
likvidlikni saqlash uchun doimo yetarli mablag‘larni kam likvidli, lekin
yuqori daromad keltiruvchi mablag‘lar hisobiga zaxirada saqlab turishni
talab qiladi. Shu sababli, bank o‘z omonatchilariga anchagina past foiz
to‘laydi. Depozitlarning harakatchanligi yuqori bo‘lishiga qaramasdan,
bank ulardan kredit berishda foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: