Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Depozitariyning faoliyati



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   354
Bank iwi

Depozitariyning faoliyati
I CH K I 
deponentlarni qabul qilish; 
hisobvaraq bo

yicha yozuvlar 
qayd etish; 
bitimlarni ro

yxatga olish; 
deponentlarga xabar yetkazish; 
qimmatli qog

ozlar yuzasidan 
daromad to

lash va h.k. 
T A SH Q I 
transfer-agentlik operatsiyalari; 
reyestrda aksiyadordan depozitariyga 
(nominal saylovchiga) qayta ro

y-
xatdan o

tkazish va aksincha; 
emitentdan (ro’yxatdan o

tkazuvchi-
dan) axborot olish; 
emitentga axborot o

tkazish.


214
1994-yil aprel oyida O‘zbekistonda ochiq turdagi aksiyadorlik 
jamiyati sifatida «Vaqt» milliy depozitariysi tashkil etildi. Uning 
ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, «O‘z-
moliyainvest» aksiyadorlik jamiyati, SAMTU «Granit», «Toshkent» 
respublika fond birjasi hisoblanadi. «Vaqt» AJ aksiyadorlari orasida 
«Turon» aksiyadorlik tijorat banki, Rossiyaning «Rinako» depozitariysi, 
boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bor. 
Milliy depozitariyning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi 
hududi bo‘yicha muomaladagi qimmatli qog‘ozlarni hisobga olinishi, 
saqlanishi hamda harakat qilishini ta’minlashdan iborat. 
Milliy depozitariy quyidagi ishlar bilan shug‘ullanadi: 
bozorda muomalada bo‘ladigan jami chiqariladigan qimmatli 
qog‘ozlarni hisobga olish; 
aksiyadorlar reyestrlarini yagona texnologik tartibda yuritish; 
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini naqdsiz shaklda rasmiylash-
tirish; 
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi naqdsiz joylashtirilayotganda ular-
ni soxtalashtirish va yo‘qotishdan yuz foiz muhofazalash kafolati; 
qimmatli qog‘ozlarga egalikdan kelib chiqadigan huquqlarni 
(sotish, sovg‘a qilish, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish) amalga 
oshirish yuzasidan topshiriqlarni bajarish; 
O‘zbekiston Respublikasidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan 
yoki chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston 
Respublikasi hududida muomalaga kiritish kvotalaridan foydalanishni 
hisobga olish. 
Hozirgi paytda milliy depozitariy quyidagilarni shakllantirish ustida 
ish olib bormoqda: 
elektron pochta tizimi; 
yirik kompyuter tarmoqlarida elektron imzo va kript himoya 
tizimi; 
elektron shakllar yordamida ma’lumotlarni elektron ayirboshlash 
tizimi; 
abonent o‘rinlaridan foydalanish; 
elektron pochtamtlar. 
Milliy depozitariy boshqa depozitariylar bilan vakillik munosabat-
lari o‘rnatgan. 
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning muomalada bo‘lishini 
tezlashtirish hamda aholi mablag‘larini xususiylashtirish jarayonlariga 


215
jalb qilish maqsadida milliy depozitariy tomonidan tanlov asosida davlat 
mulkining opsion savdosi dasturi ishlab chiqilgan. 
Emissiyani joylashtirish va hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazishda 
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarga qulay shart-sharoit yaratish 
maqsadida Milliy depozitariy respublikaning barcha viloyatlari hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zining filiallari va ro‘yxatga olish 
punktlarini ochgan. 
[126]. 
Jahon banklari amaliyotida banklar, odatda, arzon depo-
zitlarni jalb qilish va ularni sotish orqali daromad olishga harakat qila-
dilar. Aholining chek ko‘rinishidagi depozitlari, shu jumladan, oddiy 
foizsiz depozitlari eng arzon depozitlar hisoblanadi. 
Bunday chek depozitlari bilan ishlash va ularni hisobga olish katta 
xarajatlarni talab qilgani bilan, mijozlar juda kam foiz daromadlari 
(ba’zida esa umuman foyda olmaydilar) oladilar. Bu esa bankka jalb 
qilinadigan boshqa mablag‘lar manbalariga qaraganda uning xarajat-
larini kamaytiradi. 
Fuqarolarga beriladigan chek depozitlarga nisbatan tijorat 
firmalariga beriladigan chek depozitlari banklar uchun ancha arzonga 
tushadi. Chunki tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlar xarajati 
xususiy shaxslarga beriladigan chek depozitlar xarajatining yarmini 
tashkil qiladi. Bundan tashqari, xususiy shaxsning chek depoziti hajmi 
tijorat firmasining chek depoziti hajmining 1/3 qismidan oshmaydi. Le-
kin banklar va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar o‘rtasidagi 
chek depozitlari bo‘yicha raqobatning kuchliligi tufayli banklar bunday 
depozitlardan keladigan sof daromadni uncha katta deb hisoblamaydilar. 
Muddatli depozitlar, nafaqa hisobvaraqlari, depozit sertifikatlari va 
pul bozoridagi hisob raqamlar, ularga mablag‘lar qo‘yish yoki ulardan 
olish yuzasidan kam muddatli depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraq-
lariga o‘rnatiladigan foiz stavkasining ancha yuqori bo‘lishi tufayli ular 
jamg‘arma qo‘yilmalar bilan tenglashib qoladi. Yirik bo‘lmagan banklar 
yirik banklarga qaraganda jamg‘arma depozitlar va pul bozoridagi 
hisobvaraqlar bo‘yicha katta xarajatlar qilsa ham, muddatli depozit va 
nafaqa hisobvaraqlari bo‘yicha qilinadigan xarajatlari, yirik banklarga 
qaraganda ancha kam bo‘ladi. 
Banklarning maqsadi ancha arzon depozitlarni jalb qilishdan iborat 
bo‘lgani bilan, qanday depozitlarni taklif qilish mijozlarga bog‘liq. 
Mijozlar talablari bilan kelisha olmaydigan banklar ularning talablarini 
bajarishga rozi bo‘lgan banklar foydasiga mijozlarini yo‘qotadilar. 


216
[127]. 
Depozitlar bo‘yicha xizmatlarning qiymatini belgilash bank 
boshqaruvchisi uchun murakkab muammo hisoblanadi. Chunki ko‘proq 
mablag‘ talab qilish maqsadida mijozlar depozitlarni sotish orqali ulardan 
yaxshi daromad olishni ham ko‘zlaydilar. Albatta, bu faoliyatni amalga 
oshirishdagi kuchli raqobat bank daromadiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli 
raqobat tufayli depozitlarga bahoni alohida bir bank emas, balki bozor 
o‘rnatadi. Bunday sharoitda boshqaruvchi bozor o‘rnatgan foiz stavkasidan 
foydalanib, ko‘proq depozitlarni jalb qilish yoki qat’iy o‘rnatilgan foiz 
stavkasi negizida ko‘proq depozitlarni jalb qilish yohud o‘rnatilgan foiz 
stavkalaridan kam miqdordagi foiz stavkalarini taklif qilish bilan depo-
zitlar hajmini kamaytirish ma’qulligi to‘g‘risida bir qarorga kelishi lozim. 
Chunki bunda boshqaruvchi daromadlilik yoki o‘sishni tanlaydi. Qimmat 
depozitlarning ko‘p hajmda jalb qilinishi bankning o‘sishini ta’minlaydi, 
lekin bank daromadi hajmi pasayadi. 
Hozirgi paytda depozitlarni baholashning bir qancha usullari 
mavjud: 
1)
«xarajat + daromad»; 
2)
depozitlarga eng yuqori hajmdagi xarajatlarga asoslangan holda 
foiz stavkasini o‘rnatish; 
3)
alohida qo‘yilmalarga o‘rnatilgan foiz stavkalarini guruhlarga 
bo‘lish; 
4)
depozitlar bozoriga kirib borish maqsadida foiz stavkasi o‘rna-
tish; 
5)
yuqori daromadli mijozlarni jalb qilish maqsadida depozitlarga 
qiymat o‘rnatish; 
6)
mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar soni va turiga qarab depozitlarga 
foiz stavkasi o‘rnatish (qiymatni o‘rnatishning ko‘p omilli usuli); 
7)
bankning o‘z maqsadlariga erishishini ko‘zlab, depozitlarga baho 
o‘rnatish usuli. 
Hozirgi davrda mijozlarning alohida depozitlar bo‘yicha xizmatlardan 
foydalanish darajasiga qarab xizmat haqlari o‘rnatish usuli keng qo‘l-
laniladi. 
[128]. 
Yirik hajmdagi DS – rasmiy depozit, lekin amaliyotda qarz 
bo‘yicha berilgan «tilxat»ning bir turidir. Bu tilxat foydalanilmayotgan 
ortiqcha mablag‘ga ega yirik kompaniyalardan, yuqori daromadli 
shaxslardan va nihoyat, Markaziy bankdan ma’lum bir muddatga 
ma’lum miqdorda qarz olish uchun beriladi. 
DS
– foizli tilxat bo‘lib, 
olinayotgan qarzning muddati va hajmiga qarab, kelishilgan holda foiz 


217
stavkasi o‘rnatiladi. Yirik hajmdagi DSlaridan qisqa muddatlarda, 
asosan bir haftadan to bir yilgacha muddatlarda foydalaniladi. Uning 
afzalligi shundaki, bunday DSni ro‘yxatdan chiqarish muddati kelgun-
cha ikkilamchi bozorda bir necha marta sotilishi mumkin. Shuning 
uchun ham, uni «o‘tkazma» DSti deyiladi. Foiz stavkasi o‘rnatilgan DS 
lari barcha yirik hajmdagi DSlarning 4/5 qismini tashkil qilib, ularni 
chiqarishdan asosiy maqsad, foiz daromadi olishdir. 
Masalan, agar bank 100 000 dollarlik qiymatga ega olti oylik DS ni 
sotib oluvchi xaridorga yillik 8% miqdorida foiz stavkasi va’da qilsa, 
depozitor 6 oydan so‘ng quyidagi mablag‘ga ega bo‘ladi. 
Misolimizda: 
180 kun 
·
0,08 
Xaridorga 
to‘lanadigan 
summa 
= 100000 + 100000 
·
360 
= 104000 
$
Demak, xaridor 6 oyda 4000 dollar foyda topadi. Hisobdan 
chiqarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan DSlaridan depozitor har 6 
oyda foiz daromadi oladi. 
Depozit bozorining 20 foizini tashkil qiluvchi o‘zgarib turuvchi foiz 
stavkasi bilan chiqarilgan DSlari ma’lum bir muddat ichida qayta ko‘rib 
chiqiladi. 
Yangi foiz stavkasi depozitlarning ikkilamchi bozorida qo‘llanila-
yotgan foiz stavkasi asosida yoki banklararo o‘rnatiladigan «libor» foiz 
stavkasi asosida o‘rnatiladi. 
DSlarini sotuvchi bank foyda keltiruvchi qarz mablag‘lariga ega 
bo‘ladi, chunki depozitlar uchun rasmiy zaxira talablari o‘rnatilmagan. 
Yirik banklarning chek hisob raqamlari uchun esa 10 foizlik zaxira 
talablari o‘rnatilgan. 
Bundan tashqari, DS larining hisobdan chiqarish muddatlari turlicha 
bo‘lgani va bu muddatdan oldin hisobdan chiqarish qonun bilan 
taqiqlanganligi tufayli, bank depozitlarining mustahkamligi va 
barqarorligi ta’minlangan. Lekin yirik hajmdagi DSlarning foiz stavkasi 
o‘zgarishiga bo‘lgan sezuvchanligi yuqori bo‘lganligi tufayli bunday DS 
Xaridorga 
to’lanadigan 
summa 
=
Asosiy 
summa 
+
Hisobdan 
chiqquncha 
kunlar soni
· 
Yillik foiz 
stavkasi 
Asosiy 
summa
·
Bir yildagi kunlar soni 


218
laridan muntazam foydalanuvchi banklar daromadining doimo 
mustahkam bo‘lishini ta’minlash maqsadida ish olib borishlari (hatto 
foizlarni sug‘urtalash usullaridan foydalanishlari mumkin) lozim. 
[129]. 
Depozitlar bank mablag‘larini tashkil qilishning asosiy man-
bayidir. Ammo bankning kreditlari va investitsiyalarini qoplash uchun 
depozitlar hajmi yetarli bo‘lmasa, bank boshqaruvchisi qanday tadbir-
larni amalga oshirishi lozim, degan savol yuzaga keladi. Bunda bank o‘z 
mablag‘larini nodepozit qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiradi. 
Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida nodepozitlarning quyidagi turlari 
bank mablag‘lari manbayining asosiylari hisoblanadi: 
kapital bozoridagi yirik hajmdagi qisqa muddatli depozit 
sertifikatlari; 
banklararo depozitlar; 
qayta sotib olish sharti bilan banklarning qimmatli qog‘ozlari 
hisobidan ularga Markaziy bank tomonidan beriladigan qarzlar; 
kliring chek hisobvaraqlari. 
Bank boshqaruvchisi bank mablag‘larini tashkil qilish bilan 
passivlarni boshqaradi. Shu maqsadda boshqaruvchi mijozlar talabini 
qondirish uchun qancha miqdorda va muddatga depozit mablag‘lar 
kerakligini, uning qaytarilishini ta’minlashni hisoblab chiqishi lozim. 
Bu o‘rinda Markaziy bankning qisqa muddatli qarzlari ancha qo‘l 
keladi. Chunki bu qarzlar Markaziy bankning boshqa banklar mablag‘-
lari jamlanib, saqlanadigan majburiy zaxiralar fondidan olinadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin