213
tashib o‘rin almashtirish va kuzatib borishga hojat qolmaydi.
Depozitariyning asosiy vazifasi qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini
saqlash va (yoki) qimmatli qog‘ozlarga egalik huquqini hisobga olish
bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga
egalik huquqini hisobga
olishda depozitariy xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs
deponent
deb
yuritiladi.
Depozitariy va deponent o‘rtasida tuzilgan ularning depozitariy fao-
liyatiga oid munosabatlarni tartibga solib turadigan
shartnoma depozitar
shartnoma (depo hisobvarag‘i haqida shartnoma) deyiladi. Depozitor
shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Depozitariy faoliyatini faqat:
yuridik shaxslar;
fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari);
investitsiya muassasalari (investitsiya bo‘yicha
maslahatchilar,
investitsiya fondlaridan tashqari);
mutlaq depozitariy faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan
depozitariylar amalga oshiradi.
Depozitariyning yaxlit faoliyatini shartli ravishda ikki qismga
bo‘lish mumkin (28-chizma).
28-chizma.
Depozitariyning bajaradigan ishlari.
Depozitariyning
asosiy faoliyati
«depo»
hisobvaraqlari bo‘yicha
xizmat ko‘rsatish hamda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni depozitariy
ro‘yxatidan o‘tkazishga qaratilgan.
«Depo» hisobvaraqlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar uchun
depozitariyda qabul qilingan baholarda
mijozdan haq undiriladi, u
depozitariy kassasi orqali hisob-kitob varag‘iga kelib tushadi.
Dostları ilə paylaş: