229
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi yoki beradi. O‘tkazilgan
operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi.
Komission operatsiyalar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin (31-
chizma).
31-chizma.
Komission operatsiyalarning turlari.
Akkreditiv operatsiyasida
bank o‘z mijozidan uchinchi bir shaxs,
ya’ni akkreditiv ochilgan shaxsga (benefitsiarlarga) to‘lov summasini
o‘tkazish haqida topshiriq oladi.
Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor
sotuvchiga berishi kerak bo‘lgan summani avvaldan bankka qo‘yishi
mumkin. Tegishli tovarni yoki unga tegishli bo‘lgan hujjatlarni olish
sharti bilan tadbirkor o‘z bankiga sotuvchiga pul to‘lashni yuklatishi
mumkin.
Inkasso operatsiyalari
– bank tomonidan mijozlarga ularning o‘z
topshiriqlari va o‘z hisoblaridan turli hujjatlar bo‘yicha pul olish
jarayonini ta’minlaydi. Inkasso operatsiyalari cheklar, veksellar, tovar
hujjatlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Umuman,
inkasso xaridor hisobvarag‘idan pul summasini olish bo‘yicha bank
harakatini bildiradi. Qimmatli qog‘ozlarni inkassolashtirishda mijoz
ularni bankka shu qog‘ozlarni chiqargan mamlakat bozorida sotish
uchun beradi.
Dostları ilə paylaş: