233
sotuvchi
lizing beruvchi (bank)
lizing oluvchi
yoki
ikki
taraflama:
lizing beruvchi (bank)
lizing oluvchi
Lizing sotuvchi, lizing beruvchi va oluvchi lizing subyektlari
hisoblanadi (32-chizma).
32-chizma.
Lizing subyektlari.
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs
sotuvchi
deb e’tirof etiladi. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing
oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyekti (mulk) ni mulk
qilib beruvchi shaxs, masalan, bank
lizing beruvchi
hisoblanadi. Egalik
qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini
olayotgan shaxs
lizing oluvchi
hisoblanadi.
Lizing beruvchi (bank), lizing oluvchi va lizing sotuvchilar sifatida
maydonga chiqadigan subyektlar va ular o‘rtasida vositachi sifatida
chiquvchi shaxslarni quyidagicha tasniflash mumkin (31-jadval).
Lizing beruvchilar, xususan tijorat banklari xaridor sifatida
maydonga chiqmoqchi bo‘lishsa, u holda ular o‘zlarining faoliyatlarini
lizing operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirgan bo‘lishlari lozim.
Bunday hollarda bank mulkni sotib olish uchun korxona (firma) larga
ssuda (kredit) berish o‘rniga ularni o‘zi sotib oladi va ularni ijara
oluvchilarga ijaraga bergan holda, egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Bunda bank ssuda foizini emas, balki shartnomaga binoan ijara haqini
(lizing to‘lovini) oladi.
[145].
Lizing beruvchi mol-mulkni yetkazib bermaganlik, to‘liq
yetkazib bermaganlik, yetkazib berish muddatini o‘tkazib yuborganlik
va tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulkni yetkazib berganlik
uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo‘lsa,
lizing oluvchining oldida javobgar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: