Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   354
Bank iwi

 
Moliyaviy lizing
operatsiyasi bank kreditiga birmuncha yaqin 
operatsiya bo‘lib, lizing obyektini kelgusida sotib olish sharti bilan uzoq 
muddatli ijaraga berilishini ifodalaydi. Ijaraga beruvchi uchun moliyaviy 
lizing muhim iqtisodiy mexanizm bo‘lib, uning yordamida korxona 
moliyaviy aktivlarining likvidlik muammosi hal etiladi. Ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanilmayotgan, korxona balansida mavjud moddiy 
boyliklar surunkali likvidsiz mablag‘lar bo‘lib, ularni ijaraga berish 
hisobiga korxona o‘z moliyaviy holatini bir muncha yaxshilab oladi va 
shu bilan moliyaviy boshqarish vazifalarini tezroq ijobiy hal etishi 
mumkin. Natijada, likvidsiz moliyaviy aktivlar korxona daromadini 
shakllantiruvchi moliyaviy manbaga aylanadi. 
Xalqaro lizingning
 
afzalliklaridan biri shuki, bunda boshqa mam-
lakatlarning takomillashgan texnika va jihozlaridan foydalanish xalqaro 
shartnomalarga ko‘ra moliyaviy va soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan 
foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro valuta fondi (XVF)ning 
qaroriga binoan chet el mashina va mexanizmlarini ijaraga olish, ijaraga 
oluvchi mamlakatning chet el qarzlari miqdorini oshirmaydi. Respub-
likamizda xalqaro lizingdan foydalanish masalasini qo‘shma lizing 
kompaniyalari yoki firmalarini tuzish yo‘li bilan ham hal qilish mumkin.
[153]. 
Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida 


245
belgilangan tartibda tuziladi. 
Agar lizing oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, lizing shartnomasi 
notarial tasdiqlanishi lozim. 
Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi: 
lizing obyektining tasniflanishi (lizing obyektining miqdori, 
sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma 
umumiy pul summasining ko‘rsatilishi; 
taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq 
majburiyatlari; 
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini 
yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi; 
lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va 
tartibi; 
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va 
ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari; 
shartnomaning amal qilish muddati. 
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi 
shartlar kiritilishi mumkin: 
lizing obyektini (moliyaviy lizingdan) sotib olish tartibi va 
muddatlari; 
lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish; 
lizing obyektini sug‘urta qilish; 
fors-major holatlar;
lizing beruvchi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi, agar bunday 
lizing obyektidan xizmatlarsiz foydalanib bo‘lmasa; 
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya 
etilishini nazorat qilish tartibi. 
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar 
ham kiritilishi mumkin. 
Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasining o‘ziga xos xu-
susiyati shundaki, bunda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing 
beruvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilib, unga ko‘ra lizing beruvchi lizing 
oluvchining topshirig‘iga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing 
oluvchiga berish uchun o‘z mulki qilib oladi. 
Taraflarning xohishiga ko‘ra, lizing obyektining oldi-sotdi shart-
nomasi lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi 
mumkin. 
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing 


246
beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini 
oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi 
shart. 
Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi to‘laydigan 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin