240
kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Bunday kelishuv bo‘lmagan
taqdirda, lizing oluvchi lizing obyekti sug‘urtasi uchun javobgar bo‘ladi.
[150]. Lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir:
lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda
foydalanayotganligi va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayot-
ganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talab-
lariga muvofiq nazorat qilish;
lizing oluvchining roziligi bilan lizing obyekti va uning sotuvchi-
sini tanlash;
qonun hujjatlarida hamda lizing shartnomasida nazarda tutilgan
hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini olib qo‘yish;
lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda
barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari to‘lashni yoxud yetkazilgan
zararni undirib va (yoki) lizing obyektini qaytib olgan tarzda shart-
nomani bekor qilishni talab etish.
Agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib
berilmagan bo‘lsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bo‘lsa,
lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan o‘zi lozim darajada
bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing
oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli.
Lizing beruvchi
:
lizing shartnomasi bo‘yicha mol-mulkni olishi va uni lizing
oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;
sotuvchiga mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga
mo‘ljallanganligini ma’lum qilishi;
lizing obyektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda
tutilgan bo‘lsa, saqlab turish, ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha lizing oluvchi oldida o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni
o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi shart.
Dostları ilə paylaş: