[151]. Lizing oluvchi
quyidagi huquqlarga ega:
lizing obyektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash;
lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab
qilish;
sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquv-
chi talablarni, jumladan, uning sifati va butligi, topshirish muddati,
kafolatli ta’mirlashi va hokazolar xususida talablar qo‘yish;
lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan,
241
yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida
bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, yetkazib beriladi-
gan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor
qilinishini talab etish;
lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, o‘zi
vaqti-vaqti bilan avans sifatida to‘lagan to‘lovlar va boshqa summalarni
lizing obyektidan foydalanish davrida olgan foydaning qiymatini
chegirib tashlab, o‘ziga qaytarib berishni talab qilish.
Uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing oluvchi
lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish
bilan bir paytda lizing shartnomasi bo‘yicha tegishli lizing to‘lovlari
qoldig‘ini bir yo‘la to‘lashga haqli.
Lizing oluvchi:
lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada
foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab turishi, agar lizing
shartnomasiga boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, lizing obyektini
o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar
qilishi shart.
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini
lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda,
normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni
hisobga olgan holda qaytarishi shart.
Lizing oluvchini lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat
ko‘rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan
shartnomada belgilanishi mumkin.
Lizing oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga
ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Sotuvchi
qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq huquqlarga
ega bo‘ladi va majburiyatlarni bajaradi. Agar lizing shartnomasida yoki
oldi-sotdi (mahsulot yetkazib berish) shartnomasida boshqacha qoida
nazarda tutilgan bo‘lmasa, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchining
lizing oluvchiga nisbatan huquq va majburiyatlari lizing beruvchiga
nisbatan huquq va majburiyatlaridek bo‘ladi. Bunda lizing oluvchi lizing
obyekti oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga yoki uni haqiqiy emas
deb topishga haqli bo‘lmaydi.
[152].
Lizingning asosiy turlarini quyidagi belgilar bo‘yicha batafsil
tasniflash mumkin ( 34-jadval).
|