[157].
Mulkni lizingga olish lizingni sotib oluvchi uchun ham bir
qator afzalliklarni beradi, xususan, lizing lizing oluvchiga tadbirkorlik
faoliyatini investitsiyalashning muqobil usuli rolini o‘ynaydi. Shu bilan
birga, u lizing oluvchining tashabbusini safarbar qilishga va ishlab
chiqarish texnik salohiyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Bularni quyidagi
jihatlarda ko‘rishimiz mumkin (39-jadval).
39-jadval.
Sotib oluvchi uchun lizing operatsiyasining
afzallik tomonlari
№
Afzallik
tomonlari
Afzallikni ta’minlovchi omillar
1
Dastlabki o‘z
kapitalini
ko‘paytirishga bo‘lgan
ehtiyoj kamayadi.
Boshlang‘ich oldi-sotdi lizing beruvchi tomonidan
to‘la moliyalashtiriladi. Zarur uskunalar uchun
to‘lovlarni bir yo‘la amalga oshirish talab
qilinmaydi. Bu esa o‘z navbatida foydalanuvchi-
ning likvid mablag‘larini oshiradi va ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun potensial aylanma
kapitalning ko‘payishiga olib keladi.
2
To‘lovlar
qayishqoqligi
ta’minlanadi.
Birinchi to‘lovni kechiktirish mumkin, so‘nggi-
larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish yoki kamay-
tirish, avans bilan va boshqa shakllarda bo‘lishi
mumkin. Lizingga olingan uskuna evaziga
olinayotgan foydadan tovar va xizmatlar shaklida
to‘lash mumkin.
254
3
Transaksiyalardan
tejash imkoniyati
bo‘ladi.
Mulkni sotib olish, saqlash, tugatish va sotish
bo‘yicha ko‘p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarni
chetlab o‘tish evaziga lizing beruvchining
ma’muriy xarajatlari kamayadi.
4
Soliq imtiyozlari va
lizingni davlat
tomonidan qo‘llab-
quvvatlash.
Ko‘pgina davlatlarda lizing oluvchilarga lizing
to‘lovlarini bajarish davrida qo‘shimcha soliq
imtiyozlari beriladi.
5
Uskunalarning
ma’naviy eskirishi
munosabati bilan tovar
ishlab
chiqaruvchilardagi
risk kamayadi.
Uskunaning ma’naviy va jismoniy eskirishi riski
lizing beruvchi zimmasida qoladi. Foydalanuvchi
yangi uskunani ijaraga olishi mumkin (revolver
lizing).
6
Lizing oluvchining
ilmiy ishlab chiqarish
potensiali oshadi.
Kreditga sotib olib so‘ngra unga foiz to‘lab
borishdan ko‘ra bir maromdagi start kapitali
yordamida lizing evaziga ishlab chiqarish quvvatini
ko‘proq ishga solishga erishadi.
7
Tadbirkorning
iqtisodiy erkinligi
kengayadi.
Tadbirkor lizing obyektini sotib olishi kerakmi,
shartnomani uzaytirish lozimmi yoki yangi
uskunani sotib olish darkormi – bularning
hammasini tadbirkorning o‘zi erkin hal qiladi.
8
Buxgalteriya hisobini
optimallashtirish
sohasida tovar ishlab
chiqaruvchi yutadi.
Lizing obyekti lizing beruvchining mulki
hisoblanadi, uning balansida hisobga olinadi va
amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
9
Lizing oluvchining
moliyaviy holati
mustahkamlanadi.
Moliyalashtirishning odatiy manbalariga (bank,
yetkazib beruvchi va boshqalar) bo‘lgan bog‘liqlik
kamayadi. Lizingdan foydalanayotgan subyekt
lizing mulkiga soliq solinmaydi, ssuda olishdan
ko‘ra shartnoma asosida lizingni olish ham oson,
ham foydali.
To‘lovlarni bir maromda to‘lab borish inflatsiya
ta’sirini, shuningdek, bankning uzoq muddatli
foizlari o‘sishini susaytiradi. Leverajning yuqori
bo‘lishini ta’minlaydi.
10
Yangi turdagi lizing
obyektini o‘zlashti-
rish riskini pasay-
tiradi
Yetarli talab bo‘lmay qolgan hol bo‘lib qolsa,
ijaraga olingan mulkni lizing berganga qaytarib
berish imkoniyati bo‘ladi.
11
Raqobatdosh afzal-
likka ega bo‘ladi
Ishlab chiqarishni hozirgi zamon uskunalari
bilan jihozlash raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab
chiqarish imkonini beradi.
255
12
Lizing obyektiga
nisbatan
jadallashtirgan
amortizatsiyani
qo‘llash imkoni
bo‘ladi
Eskirgan uskunalarni tezkor yangilash, ishlab
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollash
imkoniyati tug‘iladi. Foydaga solinadigan soliq
miqdorini kamaytiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni
tezlashtiradi.
Shunday qilib, ijaraga oluvchi uchun lizing operatsiyasining
afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Lizing, ishlab chiqarish va bozor konyunkturalarining
o‘zgarishiga tez rioya qilishga yordam beradi. Yirik kapital qo‘yilmalar
sarflanmasdan turib asosiy kapitalni tezkor yangilash imkoniyatini
yaratadi.
Agarda lizing xalqaro ahamiyatga ega bo‘lsa, ijaraga oluvchi,
ijaraga beruvchi firma (bank) joylashgan mamlakatdagi mavjud soliq
imtiyozlaridan foydalanish mumkin. Bu asosan ijara stavkasini
kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mayda ishlab chiqaruvchilarda doimo kerakli mablag‘ bo‘lmas-
ligi mumkin. Bunday sharoitda lizing vositalarni xarid qilib olmasdan
foydalanish imkoniyatini beradi, natijada esa ishlab chiqaruvchilarni
kredit olishdan xalos etadi.
Agarda ishlab chiqarishda tezkor lizing qo‘llansa, ishlab chiqa-
ruvchi yana bir qator imtiyozlardan foydalanishi mumkin, ya’ni ishlab
chiqarish vositalarining ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va ularning
ta’mirlanishi, texnikani ishlatish uchun maslahatlar va hokazolar.
Bundan tashqari, tezkor lizing qo‘llanilganda, mulk egasi ijaraga
beruvchi bo‘lganligi uchun, mulklarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar
mulk egasi tomonidan sarflanadi yoki qoplanadi.
[158].
Chet el tajribalari iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida
lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. Shu
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda 70-yillarda paydo bo‘lgan lizing
operatsiyalarini qo‘llash tartiblari bilan tanishish o‘rinli bo‘ladi.
Masalan, Fransiyada lizing – murakkab moliyaviy operatsiya
jarayoni sifatida ko‘rilib, unda maxsus lizing firmasi (ijara beruvchi)
buyurtmachining (ijarachining) talabi va ehtiyoji uchun ishlab chiqa-
ruvchidan zarur bo‘lgan uskunalarni sotib olib, uni ijarachiga ma’lum
vaqtga va ma’lum ijara haqiga beradi.
AQShda lizingga tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralib, unda
buyurtmachi ehtiyoji uchun mulkdan vaqtincha foydalanish huquqi
mulkdordan ijarachiga beriladi va uning natijasida lizing firmasi ma’lum
256
darajada daromad oladi. Lizing natijasida hech qanday narsa ishlab
chiqarilmaydi va hech narsa sotilmaydi. Faqat ishlab chiqarish
vositasidan foydalanish huquqi vaqtincha bir yuridik shaxsdan ikkinchi
yuridik shaxsga o‘tkaziladi.
1990-yil oxirlarida jahon bo‘yicha lizing operatsiyalari hajmi 1 trln.
AQSh dollariga teng bo‘lgan. Lizing firmalari 70-yillarda paydo bo‘lib,
hozirgi paytda bunday faoliyat bilan Angliyada 1,5 ming, Germaniyada
2,5 ming firma shug‘ullanmoqda. 30 yillik kuzatish shuni
ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing firmalarining sinishi
kamdan-kam uchraydigan hol.
AQShda barcha yirik firmalar qoshida lizing ishlari olib boriladi.
Kompaniyalar umumiy daromadining 25-30 foizini uskunalarni lizing
operatsiyalari orqali ijaraga berish sababli olmoqdalar. 1990-yilda
barcha lizing operatsiyalari bu mamlakatda 500 milliard dollarni tashkil
qilgan bo‘lsa, shundan 120 milliard dollari uskunalar hissasiga to‘g‘ri
keladi. Zero, g‘arb kompaniyalarining shiori: «vaqtdan, xomashyo va
materiallardan tashqari hamma narsani ijaraga berish mumkin».
Aviakompaniyalar foydalanayotgan samolyotlarning ham 43 foizi
ijaradagi samolyotlardir.
Lizing o‘rta va kichik firmalar uchun ham juda qulay. Ularning 60
foizi lizingdan foydalanishadi. AQShdagi 3,5 ming kichik firmalar
lizingga olingan uskunalarda ishlashadi. Ba’zi korxonalarning o‘z
ishchilari ham bo‘lmaydi. 1990-yilda kompaniyalarda 1,5 million
kishilar ijarada ishlagan bo‘lsa, 1995-yilga kelib ularning sonini 15
million kishiga yetkazish mo‘ljallangan. Bular odatda xizmatchilar,
haydovchilar, yuristlar, kadr xodimlar, buxgalterlar, o‘qituvchilar,
referentlar, tarjimonlar, tarbiyachilar va boshqalar.
Lizing kompaniyalari ijaraga aniq kishini emas, balki mutaxassisni,
masalan, buxgalterni beradi.
Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda lizing operatsiyalari 250
milliard dollarni tashkil qiladi. Ularning barchasida lizing to‘g‘risida
maxsus qonunlar qabul qilingan.
Ijaraga berish muddatiga ko‘ra lizing:
renting (1 soatdan 1 oygacha, masalan, avtomobillar, samolyotlar
va hokazo);
xayring (1 oydan 1 yilgacha, masalan kompyuterlar);
odatdagi lizing (1 yildan oshiq, lekin uskuna yoki ijaradagi
buyum amortizatsiya muddatining 80 foizi qismigacha) turlarga
257
bo‘linadi.
Odamlar orasida “Amerikaliklarning barchasi shaxsiy kompyuter-
larga ega” degan fikr keng tarqalgan. Aslida esa 90 foiz kompyuterlar
ijaradadir. Mamlakatda lizing operatsiyasi natijasida xizmat tugaganidan
so‘ng uskuna ijarachiga sotilmaydi, agar xizmat muddati ichida 80 foiz
amortizatsiyasi hisoblangan bo‘lsa, u holda lizing uchun belgilangan
imtiyozlardan mahrum qilinadi.
Ilgari paytlarda korxonalar yangi sexlarni davlat ajratgan kapital
mablag‘lar hisobiga qurar edilar. Hozir esa bunday imkoniyat juda kam.
Albatta, kredit olish mumkin, lekin qisqa muddatli kreditlarni olish
qiyin, foiz stavkalari ancha yuqori. Bunday paytda lizingdan foydalanish
ijobiy natijalarga olib kelishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida ko‘p
sinalgan.
Qoldiq qiymat bo‘yicha ishlayotgan uskuna lizing kompaniyasiga
sotiladi, natijada yirik investitsiyaga ega bo‘ladi. Lizing kompaniya-
sining sharti – olingan pul mablag‘lari aniq ishlarga sarflanishi lozim.
Bu pullar hech kimga qaytarilmaydi, foizlar to‘lanmaydi, mulkka
bo‘lgan soliqdan ozod etiladi. Chunki uskunalar lizing kompaniyasining
mulkiga aylanadi. Biroq ishlab chiqarish jarayoni davom etaveradi,
asosiy fondlar esa korxonada qoladi, bir vaqtning o‘zida yangi sex
qurilishi ham olib borilaveradi. Korxona esa o‘sib borish tartibi
(shkalasi) bo‘yicha ijara haqi to‘lab boradi: birinchi yili eng oz, oxirgi
yili esa eng katta miqdorda.
Ammo lizing kompaniyalari hamma uskunalarni sotib olavermaydi.
Ularni loyihaning maqsadga muvofiqligi, foydali ekanligini ishontirish
lozim. Odatda, lizing kompaniyalari loyihani o‘rganish uchun mutaxas-
sislarni taklif qilishadi.
Lizing munosabatlarida ijarachining kafolati muhim hujjat
hisoblanadi. Kafolatsiz bozor iqtisodiyotida hech qanday oldi-sotdi va
boshqa ishlar amalga oshirilmaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar
umumiy kapital qo‘yilmalarning AQShda – 30%, Angliya, Fransiya,
Lizing kompaniyalarining 70-75 foizi banklar tomonidan tuzilib, muttasil na-
zorat qilib turiladi. Banklarning o‘zi lizing ishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamdan-
kam hollarda qatnashadilar. 20 foiz lizing kompaniyalarini yirik ishlab
chiqaruvchilar tuzadi va qolgan 5 foizi mustaqil lizing kompaniyalaridir.
258
Shveytsiyada va Ispaniyada – 13-17% ni, Italiya va Gollandiyada – 12-
14% ni, Avstriya, Daniya va Norvegiyada – 8-10% ni tashkil etadi.
Yaponiyada lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlarning yillik o‘sishi
25-30% ni tashkil etadi. AQSh da ishlab chiqarish vositalarining
kengaytirilishi va modernizatsiya uchun sarflanayotgan kapital qo‘yilma
xarajatlarining 1/4 qismi; vositalarning to‘la xarid qilish uchun emas,
balki ulardan vaqtinchalik foydalanishga sarflanadi.
[159].
Respublikamizda lizing munosabatlarini tashkil qilish va
rivojlantirish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan boshlandi:
«Lizing to‘g‘risida»gi qonun 1999-yil 14 apreldan e’tiboran
amalga kiritildi. Bu qonun mamlakatimizda rivojlanib borayotgan lizing
faoliyati uchun ishonchli huquqiy negiz yaratdi. Rivojlangan mamla-
katlarning ilg‘or texnologiyalari va uskunalarini jalb etish hamda
ulardan foydalanishga katta e’tibor qaratilib, mamlakatimizning jahon
bozorida mustahkam o‘rin olishi uchun imkoniyatlar yaratdi.
Birin-ketin lizing kompaniyalari tashkil etila boshlandi. Bugungi
kunda O‘zbekiston bozorida 12 ta lizing kompaniyasi faoliyat
ko‘rsatmoqda ulardan quyidagilarni qayd qilamiz:
«O‘zbeklizing interneyshnl» O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma
korxonasi (1995-yil yanvar);
«Baraka» universal lizing kompaniyasi (1995-yil noyabr);
«AYETK» Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi Kanadaning
«Raana-ni xolding interneyshnl» kompaniyasi bilan hamkorlikda (1995-
yil iyul);
«O‘zkeysagrolizing» O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi
(1997-yil fevral);
«O‘zaviolizing» aviatsiya lizing kompaniyasi (1997-yil noyabr);
«O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» hissadorlik kompaniyasi (2000-
yil noyabr);
Lizing kompaniyalari dastlab yirik banklar va yirik ishlab
chiqaruvchilar qoshida, bevosita davlatning yordamida tuzila boshlandi.
Ular asosiy vositalarning egasi sifatida ularni ishlab chiqaruvchidan olib,
uchinchi (yuridik, jismoniy) shaxsga ijara shartlari asosida qisqa yoki
uzoq muddatga berishi mumkin. Lizing bo‘yicha daromadlar-muayyan
(oylik, uch oylik, yarim yillik) davrda tushadigan ijara to‘lovlaridan
iborat bo‘ladi. Bu to‘lovlar bank foizini va amortizatsiyani o‘z ichiga
oladi. Lizing shartnomasida, shuningdek, fondlar vositalardan foyda-
lanuvchilar tomonidan to‘la sotib olinishi ko‘zda tutilishi mumkin.
259
Lizing kompaniyalari ishlab chiqaruvchilar, bank tizimi, ijarachilar
bilan o‘zaro manfaatda bo‘ladilar. Xususan, ishlab chiqaruvchilar uchun
lizing kompaniyalari ularning mahsulotlariga doimiy xaridordir. Bundan
tashqari, hamma ishlab chiqaruvchilar ham o‘z mahsulotlarini xalqaro
miqyosda reklama qilish imkoniyatiga ega emaslar. Kichik firmalar o‘z
mahsulotlarini lizing kompaniyalariga sotishsa, lizing kompaniyalari
ularni mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajat va
ishlardan ozod qiladi.
Bank tizimi manfaatlarida esa banklarda pulga talab kamaygan
vaqtlarda ortiqcha resurslar paydo bo‘ladi. Ilgari banklar bu mablag‘larni
(rivojlangan mamlakatlarda) ko‘chmas mulk sotib olishga sarflashgan.
Pulga talab oshganda esa, teskari operatsiyalarni amalga oshirganlar.
Ba’zi g‘arb mamlakatlarida, xususan AQShda 1985-yilda yangi Qonun
qabul qilindi. Unga ko‘ra har qanday mol-mulkka, u foyda keltirmasa
ham, soliq belgilanadi. Endi banklar uchun o‘z mablag‘larini ko‘chmas
mulkka sarflash samarali bo‘lmay qoldi.
Banklar asosan uzoq muddatli kreditlar hisobiga faoliyat yuritishadi
va daromad olishadi. Bunday kredit ma’lum tahlikaga – xavfga ham ega
bo‘lishi tabiiy. Kredit berilayotganda, odatda, mulk garovga qo‘yiladi.
Shu nuqtayi nazardan banklar uchun ham lizing manfaatlidir. Bank
lizing kompaniyasiga uzoq muddatli kredit beradi. Kredit hisobiga lizing
kompaniyasi uskunalarni sotib oladi va ular firmaning mulkiga aylanadi.
Agar ijarachi shartnoma talablarini bajarmasa, lizing kompaniyasi
ijarachining mulkiga ega bo‘lib oladi. Agar uzoq muddatli kreditlar
yiliga 10 foiz daromad bersa, lizing kompaniyalarida 12 foiz daromad
olinadi.
Dostları ilə paylaş: |