Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   354
Bank iwi

moliyaviy 
lizing
asosida traktor va yig‘im-terim texnikasini yetkazib berishdan 
iborat. Bundan tushgan mablag‘ traktor va qishloq xo‘jaligi mashina-
larini ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga o‘z vaqtida tushiriladi. Bu 
hol ularga aylanma mablag‘larni birinchi navbatdagi ehtiyojlariga 
ishlatib, uni to‘ldirib turish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqaruvchilari esa texnika qiymatini asta-sekin, bir necha yil 
mobaynida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Texnika o‘zini o‘zi 
bemalol oqlaydi. Agar inflatsiya chiqimlari lizing oluvchiga tegishli 
bo‘lmasdan, kompaniya riski bo‘lishini ham hisobga olsak, lizing 
shartlari juda manfaatlidir.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligini zamonaviy, yuksak unumli texnika 


261
bilan ta’minlashni yanada rag‘batlantirish, tarmoq mashinasozligini 
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, chet 
el ilg‘or kompaniyalari ishtirokida qishloqqa yetkazib beriladigan traktor 
va yig‘im-terim texnikasi uchun hisob-kitob mexanizmini takomillash-
tirish maqsadida 2000-yilning 2 - noyabrida Vazirlar Mahkamasining 
«Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra, 
2001-2007-yillarda «O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding» kompaniyasi 
korxonalari tomonidan, shu jumladan, chet el ilg‘or kompaniyalari 
ishtirokida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi 
(traktor va yig‘im-terim texnikasi) mashina-traktor parklarining hududiy 
birlashmalariga, shirkatlar va fermer xo‘jaliklariga ularni 7 yillik mud-
datga lizingga taqdim etish yo‘li bilan quyidagi shartlarda yetkazib 
berilishi belgilangan: 
15 foizlik avans mashina-traktor parklarining hududiy birlashma-
lari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi shirkatlari va 
fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan; 
traktor va yig‘im-terim texnikasi qiymatining 85 foizi «O‘zqish-
loqxo‘jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan, unga zayom asosida 
Moliya vazirligi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
Mazkur qarorda, shuningdek, lizing oluvchilarga olinadigan texni-
kaning butun lizing muddati davomida mulkiy risklar sug‘urta polisi 
mavjud bo‘lsagina taqdim etilishi nazarda tutilgan. Lizing kompaniyasi 
daromadining (marja) imtiyozli stavkasi esa Markaziy bank qayta 
moliyalashtirish stavkasining yarmi miqdorida belgilanadi. Masalan, 
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi bir yilga 24 foizni, 
lizing kompaniyasining marjasi 12 foizni tashkil etsa, shartli ravishda bir 
texnikaning narxini 5000000 so‘m deb olaylik. Qishloq xo‘jaligi 
korxonasi ana shu mablag‘ning 15 foizini yoki 750000 so‘mni o‘z 
mablag‘lari hisobidan to‘laydi, qolgan 85 foizini, ya’ni 4250000 so‘mni 
bank tomonidan yillik 24 foiz miqdorida jalb qilingan uzoq muddatli (7 
yillik) kredit hisobidan oladi. Shunda qishloq xo‘jaligi korxonasining 7 
yil mobaynida bankka qaytaradigan mablag‘i 7947500 (kreditning 
asosiy summasi 4250000 so‘m, hisoblangan foizlar 3697500 so‘m) 
so‘mni tashkil etadi. Natijada texnikaning umumiy narxi 8697500 
(avans 750000 so‘m, bankka qaytariladigan mablag‘ 7947500 so‘m) 
so‘mni tashkil qiladi. 
Agar u texnikani lizing kompaniyasidan lizing shartlarida 7 yil 


262
muddatga yillik 12 foiz miqdorida oladigan bo‘lsa, ana shu davrda lizing 
kompaniyasiga qaytariladigan mablag‘ 6098750 (lizing summasi 
4250000 so‘m hisoblangan foizlar 1848750 so‘m) so‘mga teng bo‘ladi. 
Texnikaning umumiy narxi esa 6848750 (avans 750000 so‘m, lizing 
kompaniyasiga qaytariladigan mablag‘ 6098750 so‘m) so‘mni tashkil 
etadi. Boshqacha aytganda, bank kreditiga nisbatan moliyaviy lizing 
tufayli 1848750 so‘m iqtisod qilinadi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi 
korxonasi uzoq muddatli kredit olish maqsadida banklarga murojaat 
qilmaydi. Bu lizing oluvchilar uchun moliyaviy lizingning kreditga 
nisbatan afzalligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 
Mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ular bilan bevosita aloqa 
o‘rnatish maqsadida har bir viloyatda kompaniyaning bo‘limlari 
tuzilmoqda. Shirkat va fermer xo‘jaliklari texnikani olish ishlari bilan 
joylarda tanishish va lizing operatsiyalarini amalga oshirish imkoniga 
ega bo‘ladilar. Muqobil mashina-traktor parklari uchun joylarda 
texnikani olish imkoniyatining yaratilishi esa raqobatning rivojlanishiga 
olib keladi. Buning uchun ularda texnika narxining 15 foiz avansini 
o‘tkazish uchun boshlang‘ich mablag‘, aniqrog‘i, lizing oluvchining 
moliyaviy ahvoli lizing kompaniyasining talabi darajasida bo‘lsa, bas. 
Agar lizing oluvchining moliyaviy ahvoli talab darajasida bo‘lmasa, u 
holda bank yoki boshqa uchinchi yuridik shaxsning kafolati talab 
qilinadi. 
Lizingning yana bir ijobiy tomoni shuki, u fermer xo‘jaliklariga 
ham zamonaviy texnologiyalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi. Bu 
esa uning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hukumat tomonidan lizing 
kompaniyalari oldiga qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida, izchil hayotga 
tatbiq etilsa, iqtisodiyotimizning eng muhim sohalaridan biri bo‘lmish 
qishloq xo‘jaligining dolzarb muammosi – qishloqni texnika bilan 
ta’minlash masalasi to‘liq hal etiladi. Oqibatda tarmoq rivoji yangi 
bosqichga ko‘tariladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin