269
deb yuritiladi. Bu operatsiyalar:
xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni;
ssuda kapitali bozorida investitsiya bilan bog‘liq
operatsiyalarni;
turizm sohasidagi operatsiyalarni;
xorijiy qimmatli qog‘ozlar sotib olish va sotish bilan bog‘liq
bo‘lgan operatsiyalarni;
valutani ayirboshlash, chek, veksel, inkassatsiya uchun bank
akseptlarini qabul qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro operatsiyalardan bankka tushadigan daromadning eng
asosiy qismini kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qiladi.
Xalqaro savdoni tijorat banklari tomonidan kreditlash tovar va tovar
hujjatlarini garovga
olish asosida kredit berish, aksept kreditlarini, bank
ssudalarini berish shaklida amalga oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlash-
ning yangi shakllari ham mavjud.
Ular turkumiga:
lizing;
faktoring;
forfeyting kabilarni kiritish mumkin.
O‘rta va uzoq muddatli xalqaro bank kreditlari
yevro-kredit
shaklida ham beriladi.
[165].
Tijorat banklari bajaradigan operatsiyalarning yana bir turi –
bu valuta operatsiyalaridir. Bankning bir turdagi valutani boshqa bir
turdagi valutaga almashtirish bilan bog‘liq xalqaro operatsiyalari
valuta
operatsiyalari
deb ataladi. Xalqaro savdo,
xalqaro kredit va xizmatlar
bo‘yicha hisoblashishlarda yagona to‘lov vositasiga ega bo‘lish zarurligi
valuta operatsiyalarni amalga oshirishni zarur qilib qo‘yadi.
Turli xil valuta operatsiyalari yig‘indisi jahon ssuda kapitali
bozorining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan valuta
10F1
)
hosil qiladi. Valuta
bozorida xorijiy valutaga talab va taklif vujudga keladi. Taklif sotilgan
tovar va xizmatlar uchun daromad
olgan eksportyordan, talab esa sotib
olingan tovar va xizmatlarni to‘lash uchun xorijiy valutaga muhtoj
importyorlardan kelib chiqadi. Valuta operatsiyalari asosini tovarlar va
xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati tashkil etadi.
Valuta bozorida operatsiyalarni alohida olingan tijorat banklari,
kompaniyalar va jismoniy shaxslar amalga oshiradi. Valuta operatsiya-
larining ko‘pchiligi birjadan tashqaridagi
bozorlarda tijorat banklari
orqali amalga oshiriladi. Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar
1)
Valuta bozori – chet el valutasiga talabning uning taklifi bilan o’zaro ta’sirlashish tizimi.
270
orqali) mijozlar bilan valuta operatsiyalarini xalqaro banklararo valuta
bozorida va birjalarda olib boradi. Valuta shartnomalarining asosiy
qismi xalqaro banklararo valuta bozorida tijorat banklari o‘rtasida
imzolanadi.
Xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida yirik xalqaro
valuta bozorlari London, Parij,
Nyu-York, Frankfurt-Mayn, shuningdek,
Tokio, Singapur, Gonkong, Bahraynda muvaffaqiyat bilan faoliyat olib
bormoqda.
Bankning valuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga,
uning
obro‘siga, xorijiy bo‘limlari va filiallari tarmoqlarining rivojlanganlik
darajasiga, zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanganligiga, telefon va
telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog‘liq. Valuta operatsiyala-
rining asosiy qismi yirik tijorat banklariga to‘g‘ri keladi. Ular nafaqat
valuta sotadi va sotib oladi, xalqaro
hisob-kitoblarni bajaradi, balki
xorijiy valuta zaxiralarini saqlaydi va valuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa
banklar ularga kotirovka yuzasidan murojaat qiladi va o‘z mijozlari
uchun valutani sotib oladi.
Valuta operatsiyalari xorijiy valutada ifodalangan naqd pulsiz to‘lov
vositalari: bank depozitlari, cheklar, veksellar, o‘tkazmalar hisobiga
amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valutasi
hisobiga amalga oshirilgan
operatsiyalar hajmi ancha kichik bo‘ladi.
[166].
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida turli
xil hisob shakllari qo‘llanilishi mumkin. Bular qatorida bank buyrug‘iga
binoan:
pul o‘tkazish (o‘tkazma turi, to‘lov topshiriqnomasi);
bank cheki;
bank vekseli;
akkreditiv;
inkasso shakllari qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: