Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   354
Bank iwi

[167]. 
Xalqaro hisob-kitoblarning yana bir vositasi 
bank cheki
hisoblanadi. U bankning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki 
boshqa hisobga o‘tkazish haqida bankka berilgan yozma farmoyishni 
ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, bank cheki uni yozib (to‘ldirib) 
beruvchi bankning o‘z vakillik bankiga uning joriy hisobvarag‘idan chek 
egasiga muayyan summani o‘tkazish haqidagi yozma buyrug‘idir. 


272
Veksel 
– bu muayyan miqdordagi qarzni belgilangan muddatda 
qat’iy to‘lash majburiyati yuklangan, qonun bilan tasdiqlangan holatda 
to‘ldirib rasmiylashtirilgan qarzdorlik tilxati. 
Bank vekseli
esa bu 
o‘tkazma veksel (tratta) bo‘lib, bank tomonidan xorijiy bank korres-
pondent schyotiga to‘lash uchun beriladi. Bunda xalqaro banklar o‘tkaz-
ma veksellarni chiqaradi va to‘lovga qabul qiladi. Trattalar oq (ismi, 
familiyasi yozilmagan) o‘tkazma yoki oq muddatli, tijorat va bank 
trattalari turlariga bo‘linishi mumkin. 
Eksport qiluvchilar xorijiy importchilarga beradigan tijorat 
veksellari asosida banklar, tovarlar va xizmatlarga haq to‘lashi mumkin. 
Agar oq tijorat vekselidan foydalanilsa, naqd pulli hisob-kitob shakliga 
rioya qilinadi. Agar muddatli trattadan foydalanilsa, hisob-kitob kreditga 
bajariladi. Bank veksellari tijorat veksellariga nibatan kengroq tarqalgan. 
Import qiluvchilar bank veksellarini milliy va xalqaro banklardan sotib 
olib, o‘z qarz majburiyatlarini uzish uchun eksport qiluvchilarga 
jo‘natadi. 
O‘tkazma veksel egasi 
trassant
, veksel bo‘yicha qarzdor 
trassat
deb yuritiladi. Vekselning amal qilish muddatini cho‘zish
 veksel
prolongatsiyasi
deb ataladi. U qonunga muvofiq yoki qarzdor va qarz 
beruvchining o‘zaro kelishuviga ko‘ra rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin