280
valuta sotish va sotib olish bo‘yicha yoki ikkala kurs, ulardan bir yoki
o‘rtacha kurs ko‘rsatilishi mumkin. O‘rtacha kurs – sotuvchi va sotib
oluvchi kurslarning o‘rta arifmetigi.
Sotuvchi o‘rtacha kursi
– sotuvchi
va o‘rtacha kursning o‘rta arifmetik qiymati.
Xaridor o‘rtacha kursi
–
xaridor va o‘rtacha kursning o‘rta arifmetik qiymati.
Xalqaro to‘lov aylanmasida xorijiy valuta naqd emas, balki naqdsiz
holatda amal qiladi. Tabiiyki, turli xil to‘lov vositalari kurslari turlicha,
chunki ularning ishonchlilik va valuta riski darajalari turlichadir.
Telegraf o‘tkazmasi bo‘yicha valuta kursi eng yuqoridir, chunki unda
xorijiy valuta shu zahoti yoki kelasi kuni to‘lanadi. Bu operatsiya valuta
riskini deyarli chetlab o‘tishga imkon beradi. Odatda, ularning kurslari
rasmiy byulleten va kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to‘lov
vositalari kursi u asosida aniqlanadi.
[174].
Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi.
Ularning ko‘pchiligi
spot
shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning
asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb
mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga
shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‘pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi.
Spot shartnomalariga jami valuta shartnomalarining 90 foizi to‘g‘ri
keladi.
Ikkinchi valuta shartnomasi turi –
Dostları ilə paylaş: