281
amaliyotda
«ayiqlar»
va
«buqalar»
deb ataladi. Ular faoliyatining
mohiyati quyidagilardan iborat. Agar valuta kursi tushishi kutilsa, valuta
kursi pasayishiga o‘ynovchilar (ularni xalqaro amaliyotda «ayiqlar» deb
atashadi) valutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli kurs) kursi bilan
sotish to‘g‘risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar bu muddatda
valuta kursi tushsa, ayiqlar valutani bozordan pasaygan kursda sotib
olib, uni muddatli kurs, ya’ni oldingi shartnomada ko‘rsatilgan yuqori
kurs bo‘yicha sotadilar va kurslar o‘rtasidagi farq miqdorida foyda
oladilar.
Valuta kursining ko‘tarilishiga o‘ynovchilar («buqalar») esa valuta
kursi oshishi kutilganda, valutani keyinchalik shartnoma tuzilgan
vaqtdagi kurs bo‘yicha sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma
tuzadilar. Kurs oshganda esa valutani muddatli shartnomada belgilangan
(oldingi) narx bo‘yicha sotib oladilar va oshgan yuqori narxda sotib
foyda ko‘radilar.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan muddatli operatsiyalar
Dostları ilə paylaş: