Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   354
Bank iwi

[170]. 
Savdo-sanoat sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun 
valuta kotirovkalari amalga oshirish kross-kursga asoslanadi. 
Kross-kurs 
– bu ikki valuta o‘rtasida uchinchi valutaga nisbatan 
aniqlanadigan kurslar nisbatidir. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki 
yapon iyeniga nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda iyenning 
so‘mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Yuqoridagi 
jadvaldagi valuta kurslariga binoan 761,25 so‘m 1 dollarga teng. 1 
yapon iyeni esa 6,4 so‘mga teng. Xo‘sh, yapon iyeni dollarda qanday 
aniqlanadi? 
1$ = 761,25 so‘m 
Kross-kurs = 
1 yapon iyeni = 6,39 so‘m 

119,1 yapon
iyeniga teng. 
Demak, 1 AQSh dollari 119,1 yapon iyeniga teng ekan. Aynan shu 
ko‘rsatkich kross-kurs ko‘rsatkichini o‘zida ifoda etadi.
[171]. 
Valuta kursini barqarorlashtirishda davlat asosiy ahamiyat 
kasb etadi. Bu ishni u ikki yo‘l bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, 
davlat o‘z pulini kredit bozoriga tashlab yoki kredit 
bozoridan chiqarib foiz stavkasiga ta’sir etadi. Agar foiz oshsa, kredit 
ham olinadi, kredit puliga kamroq valuta xarid etiladi. Natijada xorij 
valutasining narxi pasayib, milliy valuta kursi oshadi. Agar foiz stavkasi 
kamaysa, buning aksi yuz beradi. 
Ikkinchidan, 
davlat valuta intervensiyasiga qo‘l uradi, ya’ni o‘z 
valutasi kursini barqaror saqlash yoki oshirishni ko‘zlasa, o‘z 
ixtiyoridagi chet el valutasini bozorga tashlaydi, natijada xorij valutasi 


278
kursi pasayadi, milliy valuta kursi oshadi. Valuta ko‘paysa, uning narxi 
arzonlashadi. 
Milliy valuta kursining davlat tomonidan rasman pasaytirilishi 
devalvatsiya
deyiladi.
 
Masalan, 1 dollar 761 so‘m bo‘lsa, so‘m 
devalvatsiya etilgach, uning kursi pasaytirilib, 1 dollar 771 so‘m bo‘lib 
qoladi. Valuta kursining rasmiy oshirilishi 
revalvatsiya 
deyiladi. Agar 1 
dollar 761 so‘m bo‘lsa, so‘m revalvatsiyasidan so‘ng 1 dollar 700 so‘m 
bo‘ladi. 
Valuta kursi ikki turga bo‘linishi mumkin: 
qat’iy o‘zgarmaydigan kurs – valutalar narxi barqaror turadi; 
suzib yuruvchi kurs – valutalar kursi o‘zgarib turadi, ammo 
ma’lum chegarada yuz beradi, ya’ni kurs cheksiz oshib yoki kamayib 
ketmaydi. Bunda valuta kursining yuqori va quyi chegarasi belgilanib, 
kurs shu oraliqda va me’yorda o‘zgaradi. 
[172]. 
Agar milliy valuta boshqa valutalarga almashtirilmasa, 
xalqaro hisob-kitob operatsiyalari amalga oshmaydi. Shu sababli albatta 
valuta konvertatsiyasi (almashtirilishi) talab qilinadi. 
Milliy valutaning 
konvertatsiyasi
uni boshqa valutalarga almasha olish 
xususiyatidir. 
Valuta kursi pul qadrini ifodalaydi. Xalqaro miqyosdagi o‘z qadri 
va obro‘-e’tiboriga qarab, valutalar ikki guruhga bo‘linadi: 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin