Chet el valutalari
2002 yil 30
iyul (so‘m)
2004 yil. 11
may (so‘m)
12F
1
2008 yil.
20 may
(so‘m)
1 Angliya funt sterlingi
1196,36
1797,22
2546,25
1 AQSh dollari
761,25
1009,11
1306,84
1 Xitoy yuani
91,97
121,92
186,93
1000 Turkiya lirasi
0,45 0,67 0,10
1 YEVRO
750,36
1194,69
2022,07
10 Yaponiya iyeni
63,86
89,70
125,36
1 Rossiya rubli
24,16
34,85
54,85
1 Ukraina grivnasi
142,86 189,38 258,78
Demak, 2008-yil 20-maydan bir hafta mobaynida O‘zbekiston
Respublikasi valuta birjasida AQSh ning 1 dollari – 1306,84 so‘m,
1 YEVRO – 2022,07 so‘m, 1 Rossiya rubli – 54,85 so‘mga sotiladi. Shu
narx dollarning, YEVRO va Rossiya rublining so‘mdagi valuta kursi
bo‘ladi, ya’ni pulning pulga sotilish narxi valuta kursi deyiladi.
Shu narxga ko‘ra valutalar birligi o‘rtasidagi nisbat
valuta pariteti
deyiladi. Masalan, 1 dollarning 1306,84 so‘mga sotilishi dollarning va-
luta kursi, ular o‘rtasidagi nisbatning 1306,84 bo‘lishi valuta paritetidir.
Uni valuta birligining qurbi, ya’ni uning xarid qobiliyati belgilaydi.
Masalan, bir dollar, bir marka, bir so‘m, bir tanga, bir yuan, bir frankka
nima olish mumkin, shunga qarab valuta shakllanadi. Valutaning qurbi
narxga bog‘liq. Valuta kursini hisoblashda eng muhim tovarlar narxiga
qarab har bir valutaning qurbi aniqlanadi.
Valuta kursining oshishi chetdan tovar keltirishni arzon qiladi,
uning pasayishi esa chetga chiqariladigan tovar narxini oshiradi. Bunday
hollarda tovarni tashqariga chiqarib, mamlakatdagi narxga nisbatan bir
necha barobar arzon sotish ham ma’qul bo‘ladi. Masalan, kostyum ichki
bozorda 50 ming so‘m turadi, tashqi bozorda xuddi shunday kostyum
narxi 100 dollar. Valuta kursiga ko‘ra 1 dollar 1306,84 so‘m. Dollar
hisobida kostyumning ichki bozordagi narxi:
50 000 : 1306,84 so‘m = 38,3 dollar.
So‘m kursining oshishi tashqi bozorda 100 dollarga sotiladigan kos-
tyumning 38,3 dollarga sotilishiga olib keladi. Natijada eksport qiluvchi
har bir kostyumdan 61,7 dollar yutishga muvaffaq bo‘lishi mumkin.
Valuta kursini aniqlash usullari valuta tizimlarining xususiyatlariga
qarab turli mamlakatlarda turlichadir. Keskin valuta cheklovlari mavjud
1
Qarang: «O’zbekiston ovozi» gazetasi, 2008 – yil 20 may.
276
davlatlarda valuta kursi ikki usulda o‘rnatilishi mumkin.
sof boshqaruv usuli;
valuta koridori chegarasini belgilash usuli.
Dostları ilə paylaş: |