225
ularning ishonchliligi ta’minlangan bo‘lib, investitsiya funksiyasini
bajara oladi. Bank va boshqa moliya institutlari past nominal qiymatga
ega sertifikatlar chiqarish bilan birga, xususiy biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan yirik nominal qiymatga ega sertifikatlar
ham chiqaradilar. Yirik nominal qiymatga ega sertifikatlar davlat
tomonidan sug‘urtalanadi.
[136]. Aksept
so‘zi lotincha «acceptus» iborasidan olingan bo‘lib,
rozilik berilgan, ya’ni pul, hisob-kitob, tovar hujjatlarini yoki tovar
haqini to‘lashga rozilik yoki to‘lashga kafillik ma’nosini beradi.
To‘lashga rozilik berish
akseptlash
deyiladi.
Akseptda mol yetkazib beruvchi tashkilot mahsulot jo‘natilgandan
keyin to‘lash uchun talabnoma varaqasi yozadi va o‘ziga xizmat
qiluvchi bank inkassosiga topshiradi. Belgilangan qoidaga muvofiq,
varaqani aksept qilish yoki rad etish oluvchining ixtiyorida bo‘ladi. Bir
shahar doirasida budjet tashkilotlari o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun
qilinadigan hisob-kitoblarda hamda moliya idoralariga budjet
daromadlarini aloqa korxonalari orqali jo‘natishda
Dostları ilə paylaş: