53-jadval Aktivlar va passivlarni boshqarish sifati bilan bog‘liq risklar № Risk Turlari Izoh 1 2
3
1.
Bankrotlik
riski
bu risk o‘z kapitali va resurslarini yo‘qotish
oqibatida o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovga
layoqatsiz bo‘lish va faoliyatni to‘xtatish natijasida
vujudga keladigan riskdir.
2.
Balanslashmagan
likvidlik
riski
bu risk bankning resurs sifatida jalb qilgan
mablag‘lari bilan kreditga bergan mablag‘lari
summasi, muddati, foiz stavkasining darajasi bo‘yicha
mos kelmasligi tufayli yuzaga keladi.
3.
Foiz riski
bu risk bankning kreditga bergan mablag‘lari
bo‘yicha oladigan foiz stavkasiga nisbatan jalb qilgan
resurslari bo‘yicha yuqori stavkalar bilan to‘lashga
majbur bo‘lgan holda yuzaga keladi.
4.
Foyda ololmaslik
riski
bu risk bankning o‘z resurslarini yo‘qotishi, ulardan
samarali foydalana olmasligi natijasida yuzaga keladi.
5.
Suiiste’mol riski
bu risk bank boshqaruvchilari, xodimlari yoki
mijozlari o‘z vazifalarini suiiste’mol qilib, shaxsiy
manfaatlari yo‘lida amaldagi qonunchilikka, bank
faoliyatini tartibga solib turuvchi me’yoriy hujjatlar
talablariga zid ravishda faoliyat ko‘rsatishlari
natijasida bank katta yo‘qotishlarga uchrashi hatto,
inqirozga uchrashi mumkin. Bankning inqirozga
uchrashi tufayli esa uning omonatchilari, mijozlari,
aksionerlarning moliyaviy ahvoli yomonlashishi,
buning natijasida mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar
etishi mumkin.
6.
Likvidlik
riski
bu risk bankning o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z
vaqtida pul to‘lashga qobil emasligi bilan bog‘liq
bo‘lib, buning oqibatida majburiyatlar oshganda ham
qisqa muddatlarda maqbul narxlarda aktivlarni
sotishda ham, mablag‘ olish imkoni bo‘lmaganligi
sababli zarar ko‘riladi.