Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   354
Bank iwi

Umumiy risk
bank riskining umumiy hajmi, 
uning umumiy daromadi va likvidligi me’yorlariga asoslanib baholanadi 
yoki taxmin qilinadi. 
 
Yakka ko‘rinishdagi risk 
bankning ayrim operatsiyalari yoki 
ularning guruhlari bo‘yicha risk koeffitsiyentlari shkalasi asosida 
baholanadi. 
Ta’sir vaqtiga ko‘ra risklarni retrospektiv, joriy yoki istiqboldagi 
risklarga ajratish mumkin. 
Retrospektiv risklar 
bank faoliyatining 
o‘tgan davrdagi turli risklarga bog‘liqligini ifodalaydi va 
joriy 
hamda 
istiqboldagi risklarni
baholashga yordam beradi.
[259].
Ichki risklar
bevosita bank faoliyati natijasida vujudga 
keladi. Bu risklar bank faoliyatiga sezilarli ta’sir qiluvchi risklar bo‘lib, 
ular bankning o‘z faoliyati, uning mijoz (qarzdor)lari yoki uning 
muayyan kontragentlari bilan bo‘lgan faoliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Bank rahbarlari, ularning tadbirkorligi, marketing strategiyasining 
optimalligi, taktikaning to‘g‘ri ta’minlanganligi kabi omillar ichki risk 
darajasiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Ichki risklar: 
bank operatsiyalarining xususiyati; 
bank mijozlarining tarkibi; 
tijorat banklarining turlari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi.
Tashqi risklar 
makromuhit darajasida yuzaga keladi. Ular bank 
faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi. Tashqi risklarga juda ko‘p 
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ular tarkibida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
tabiiy risklarni alohida ajratish lozim. Siyosiy risklar mamlakatdagi 
siyosiy vaziyat va davlatning faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy 
risklar mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqadi. 
Tashqi risklar urushlar, milliylashtirish, chetga to‘lovlarni taqiqlash, 
qarzlarni konsolidatsiyalash, embargo joriy qilish, importga litsenziyani 
bekor qilish, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni 
o‘ziga jamlaydi. Bu risklarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular 
bank daromadiga, operatsiyalar samaradorligiga va umuman, bank 


410
kelajagiga katta zarar yetkazadi. 
[260].
Bank operatsiyalari xususiyatiga ko‘ra risklar quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
balans operatsiyalari riski; 
balansdan tashqari operatsiyalar riski; 
moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq risklar. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin