56-jadval. Risk zonalari Yutuqlar Yo‘qotishlar Yo‘qotishlar
umuman yo‘q
Bo‘lishi ehti-
mol risklar
zonasi
Kritik risk
zonasi
Halokatli risk
zonasi
Maksimum
risk zonasi
(yo‘qotishlar)
Risksiz
zona
Foyda
Tushum bo‘ladi
Yo‘qotish
xavfi bor
Yo‘qotishlar
bo‘lishi aniq
Mulkni ham
yo‘qotish
holati.
Halokatli risk aniq yo‘qotishlar muqarrarligini va bankning foydasi
mulkiy zarar bilan yakunlanishini ifodalaydi.
Kreditlarni shu tariqa, ya’ni risk zonalari bo‘yicha turkumlash
kreditning xavfli zonaga tushishining oldini olish, kredit risklarining
darajasini kamaytirishga imkon yaratadi.
[269]. Banklar mablag‘lar yo‘qligi tufayli yuzaga keladigan to‘-
lovga qobiliyatsizlik, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini davom ettirish
imkoniyatiga ega bo‘lmaslik kabi risklardan ehtiyot bo‘lishlari lozim.
Agar bank berilgan kredit talabnomasini yaxshilab tahlil qilmas-dan,
juda katta miqdorda kreditlar bergan bo‘lsa, ularning qaytmaslik
ehtimoli mavjud bo‘lsa, bunday
«yomon» kreditlar bankka katta zarar
keltirishi mumkin.
Bundan tashqari, bank portfelining bozor narxi pasayib ketsa, uni
sotishda bank katta yo‘qotishlarga uchraydi. Bankning moliyaviy ahvoli
yomonlashib borayotganini bilgan investorlar va omonatchilar o‘z
mablag‘larini qaytarib olishni boshlaydilar. Bankning bunday ahvolga
tushishi natijasida, bank faoliyatini tartibga soluvchi organlar uni
to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilishga majbur bo‘ladilar.
Bankning inqirozga uchrashi nafaqat bank uchun, balki uning
aksionerlari va omonatchilari uchun xam juda katta salbiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Bunday banklarning aksiyalari bozorda juda past
baholarda sotiladi va bank o‘zining depozit sertifikatlariga yuqori foiz
stavkalari o‘rnatishga majbur bo‘ladi.