428
57-jadval.
Risklarni boshqarish usullari
№
Risklarni
boshqarish
usullari
1. Diversifikatsiya siyosatini o‘tkazish;
2. Depozit sertifikatlarini joriy qilish;
3. O‘zgaruvchan, suzib yuruvchi foiz stavkalari
asosida kredit berish;
4. Kreditlarni va depozitlarni sug‘urtalash;
5. Garov asosida kreditlarni kengaytirish;
6. Banklarning hisobga olish operatsiyalarini kengaytirish;
7.
Yirik kreditlarni faqat konsorsional asosda berish (banklararo bitimlarga
asosan risklarni taqsimlash);
8. Real shaxsiy kafolatlar asosida kreditlashni qo‘llash;
9.
Tashqi risklar (tarmoq,
tarmoqlararo, mintaqaviy va boshq.)ni hisobga
olish;
10.
Bank mijozining moliyaviy ahvolini muntazam nazorat qilib borish,
to‘lovga layoqatliligi, reytingini
baholab borish;
11.
Risklarni boshqarishda e’tiborga olish zarur bo‘lgan tamoyillar va
talablarga rioya qilish;
12.
Risklarni aniqlash usullari va ularning natijalarini risklarni boshqarishda
keng qo‘llash va h.k.
58-jadval.
Kredit riskini kamaytirish usullari
№
Riskni kamayti-
rish choralari
Izoh
1.
Mijozning kreditga
layoqatliligini
baholash
Bu usul mijozning reytingini aniqlashni ko‘zda
tutadi. Qarzdorni baholash mezonlari
har bir bank
uchun qattiq individuallashgan bo‘lib, uning
amaliyotdagi mavqeyidan kelib chiqishi va vaqti-vaqti
bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
2.
Bitta qarz oluvchiga
beriladigan
kreditning
summasini
kamaytirish
Bu usul mijozning kreditga layoqatliligiga to‘liq
amin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
3.
Kreditlarni
sug‘urtalash
Kreditni sug‘urtalash
uning qaytmaslik riskini
to‘liq sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot
zimmasiga yuklanishini nazarda tutadi.
4.
Etarli ta’minotni
talab qilish
Bu usul bankdan berilgan summaning qaytishini va
foiz olinishini kafolatlaydi.
429
5.
Diskontli
ssudalar
berish
Bu ssudalar unchalik katta bo‘lmagan darajada
kredit riskini pasaytirishga yordam beradi. Bunday
usullarda kredit berish kreditga minimum to‘lov
olishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: