113
bank muassislari tomonidan uni ro‘yxatga olish paytigacha to‘lanishi
kerak.
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav
kapitalini shakllantirish uchun budjet mablag‘laridan foydalanish
mumkin.
Bankning zaxira kapitali – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
to‘langanidan so‘ng sof foyda hisobiga shakllangan zaxiralar, ulardan
bank faoliyatida ko‘zda tutilmagan turli zararlar hamda qimmatli
qog‘ozlar kursining tushishi natijasida yo‘qotishlarni ular yuzaga kelishi
bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi.
«Umumiy zaxiralar» – bank faoliyati davomida umuman yoki biror-
bir faoliyat turi (kreditlash, investitsiyalash) natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun, lekin ayrim muayyan
operatsiyalar bo‘yicha zararlarni qoplashga mo‘ljallanmagan zaxiralar.
Masalan, milliy valutani devalvatsiyalash uchun mo‘ljallangan zaxiralar.
«Maxsus zaxiralar» - «standart», «substandart», «shubhali» va
«umidsiz» deb tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa
alohida muayyan aktivlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
zararlarga qarshi zaxiralar.
Dostları ilə paylaş: