212
mayda omonatchilar foydalanadi. Odatda ular omonatlarning eng yuqori
chegarasini belgilab qo‘yib, omonatlarning barqaror ravishda oqib keli-
shiga umid bog‘laydi.
Kredit uyushmalar
nisbatan mayda jamg‘arma-kredit muassasalar
bo‘lib, iste’mol kreditlarini berishga yo‘naltirilgan. Ular diniy tashkilot-
lar, kasaba uyushmalari va shunga o‘xshash tuzilmalar tomonidan
tashkil etiladi. Kredit uyushmalar o‘z a’zolarining jamg‘arma hisobva-
raqlarini ochadi hamda qarzni ham faqat o‘z a’zolariga beradi, ya’ni
kredit uyushmalar omonatchilar tomonidan
«jamoatchilik asosida»
idora qilinadi.
O‘zaro pul fondlari
foizlar bilan to‘lanadigan omonatlarni qabul
qiladi, buning uchun mijozlarga chek yozib berishi mumkin. Chek
bo‘yicha qo‘yilgan omonat summasi kabi hajmi ham ma’lum darajada
chegaralangan bo‘ladi.
Moliya muassasasining bunday turi ko‘p minglab omonatchilarning
mablag‘larini jalb etadi hamda hosil bo‘lgan fond daromad keltiradigan
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Sanab o‘tilgan moliya
muassasalaridan farqli o‘laroq, o‘zaro pul fondlaridagi omonatlar sug‘urta
qilinmaydi, biroq ularning aktivlari (omonatchilarning mablag‘iga sotib
olingan qimmatli qog‘ozlar) yuqori likvidli bo‘lgani sababli katta foizlar
olib keladigan yetarli darajada ishonchli jamg‘arma vositasi hisoblanadi.
Depozit multiplikatori
– bankka qo‘yilgan mablag‘larning har bir
pul birligidan ko‘riladigan umumiy daromad hajmining o‘zgarishini tav-
siflovchi ko‘rsatkich. Bank tizimining bir qadar qiziqarli xususiyati
shundan iboratki, aytaylik, agar alohida tijorat banki o‘zidagi mavjud
zaxira hajmidagina ssuda bersa, butun bank tizimi uning zaxirasidan bir
necha barobar ortiq miqdorda ssuda taqdim etishi mumkin.
Bunday hodisa depozitlarning multiplikatsiya tarzida kengayishi
(ko‘p karrali omonatlar orqali kengayish) degan nom olgan.
Dostları ilə paylaş: