Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   354
Bank iwi

[134]. Xazina veksellari
– davlatning xazina majburiyatlari bo‘lib, 
3, 6 va 12 oylik to‘lov muddatlari bilan chiqariladi. Ularni tezda sotish 
mumkin. Xazina veksellaridan qayta sotib olish sharti bilan kredit olish 
uchun garov sifatida ham foydalanish mumkin. Ular nominal qiymatiga 
nisbatan diskont bilan kafolatlangan foiz stavkasiz muomalada bo‘ladi 
va investor vekselni hisobdan chiqarish vaqti kelganda uning narxi 
oshishi hisobiga daromad oladi. 
Xazina majburiyatlari va obligatsiyalari 
esa xazina veksellaridan 
farq qilib, uzoq muddat davomida, ya’ni bir yildan o‘n yilgacha 
muddatda muomalada bo‘ladilar. Bu qimmatli qog‘ozlarni hisobdan 
chiqarish muddatiga bir yil qolganda ulardan moliya bozorining vositasi 
sifatida foydalanish ham mumkin. Ularning foiz riskiga bo‘lgan 
sezuvchanligi yuqori bo‘lib, o‘zlari sust likvid bo‘lishiga qaramasdan 
xazina veksellariga qaraganda yuqori daromadli bo‘ladi. Bu qimmatli 
qog‘ozlar kuponli vositalar hisoblanadi, qimmatli qog‘ozlar bozor 
narxining o‘zgarib turishiga qaramasdan investor mo‘ljallagan 
daromadni oladi. Bu kuponlar bo‘yicha har yarim yilda foiz to‘lovlari 
to‘lanadi. 
[135]. Sertifikat 
– omonatchiga belgilangan muddat o‘tgandan 
so‘ng depozit va uning foiz to‘lovini olish huquqini beruvchi yozma 
hujjatdir. Bank uchun esa qo‘shimcha mablag‘ manbayi hisoblanadi. 
Banklar ko‘pincha boshqa banklar va bank bo‘lmagan muassasalar 
chiqargan sertifikatlarni kam xarajat va xatar bilan investitsiyaga 
yo‘naltirish maqsadida sotib oladilar. Sertifikatlarning hisobdan 
chiqarish muddati qat’iy belgilangan bo‘lib, ularni muddatidan oldin 
ro‘yxatdan chiqarish qonun bilan taqiqlangan. Shuning uchun ham, 


225
ularning ishonchliligi ta’minlangan bo‘lib, investitsiya funksiyasini 
bajara oladi. Bank va boshqa moliya institutlari past nominal qiymatga 
ega sertifikatlar chiqarish bilan birga, xususiy biznes va tadbirkorlikni 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan yirik nominal qiymatga ega sertifikatlar 
ham chiqaradilar. Yirik nominal qiymatga ega sertifikatlar davlat 
tomonidan sug‘urtalanadi. 
[136]. Aksept
so‘zi lotincha «acceptus» iborasidan olingan bo‘lib, 
rozilik berilgan, ya’ni pul, hisob-kitob, tovar hujjatlarini yoki tovar 
haqini to‘lashga rozilik yoki to‘lashga kafillik ma’nosini beradi. 
To‘lashga rozilik berish 
akseptlash 
deyiladi. 
Akseptda mol yetkazib beruvchi tashkilot mahsulot jo‘natilgandan 
keyin to‘lash uchun talabnoma varaqasi yozadi va o‘ziga xizmat 
qiluvchi bank inkassosiga topshiradi. Belgilangan qoidaga muvofiq, 
varaqani aksept qilish yoki rad etish oluvchining ixtiyorida bo‘ladi. Bir 
shahar doirasida budjet tashkilotlari o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun 
qilinadigan hisob-kitoblarda hamda moliya idoralariga budjet 
daromadlarini aloqa korxonalari orqali jo‘natishda 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin