11. Bank – bu: a) yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qiluvchi yuridik shaxsdir; b) qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit beruvchi yu-
30
ridik shaxsdir; c) to‘lovlarni amalga oshiruvchi shaxsdir; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 12. Quyida qayd qilingan muassasalarning qaysi biri nobank kredit tashkilotlari deb ataladi: a) ipoteka kompaniyalari; b) kredit kartochkalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar; c) faktoring kompaniyalar; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 13. Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587-yilda): a) Angliyada tashkil topgan; b) Florensiya va Venetsiyada vujudga kelgan; c) Germaniyada tashkil etilgan; d) Yaponiyada tashkil topgan. 14. Quyida qayd qilingan banklarning qaysi biri sobiq Ittifoq bank tizimiga kirgan? a) Ittifoq davlat banki; b) Ittifoq qurilish banki; c) Ittifoq tashqi iqtisodiy aloqalar banki; d) a + b + c. 15. O‘zbekistonda bank tizimi: a) uch pog‘onalidir; b) bir pog‘onalidir; c) ikki pog‘onalidir; d) to‘rt pog‘onalidir (Respublika, viloyat, tuman, korxona). 16. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida» gi Qonun: a) 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan; b) 1994-yil 21-dekabrda qabul qilingan; c) 1993-yil 21-dekabrda qabul qilingan; d) 1992-yil 21-dekabrda qabul qilingan.