Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   354
Bank iwi

2-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI 
 
2.1.
 
Markaziy bank – yuridik shaxs 
 
[18]
.
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida o‘z 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va 
muassasalarni tashkil etadi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti, 
viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga 
ega bo‘lmagan bosh boshqarmalarni tuzadi. Markaziy bankka qarashli 
xizmatlar va muassasalar Markaziy bank boshqaruvi tasdiqlaydigan nizom-
lar asosida faoliyat ko‘rsatadi. Markaziy bank yuridik shaxs sifatida davlat 
mulkiga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida 
xarajatlarni o‘z daromadlari hisobidan qoplaydi. Markaziy bankning mol-
mulki uning pul va boshqa boyliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati 
Markaziy bank balansida aks ettiriladi. 
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish va bank tizimini nazorat 
qilishda muhim o‘rin tutgani sababli uning faoliyati butun dunyo 
amaliyotida qo‘llaniladigan Ustav va mazkur mamlakatda bank sohasida 
amal qilayotgan qonun bilan tartibga solinadi. O‘zbekistonda amal 
 
Markaziy bankning asosiy vazifalari 
Monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni 
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish 
va ta’minlash. 
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, ularga kredit 
berish. 
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta rezervlarini, shu jum-
ladan, kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish. 
Davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil 
etish. 
Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash, pul emissiyasini amalga oshirish. 
Bank faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziya (ruxsatnoma) berish. 
Hukumatning moliyaviy agenti vazifasini bajarish. 
Hisobga olish, hisobot berish, hisob-kitob, ssuda va valuta opera-
tsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va. me’yorlarini belgilash 
Tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarini amalga oshirishi va h.k.


33
qilayotgan bunday qonun 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonundir.
1
Markaziy bank o‘z faoliyati jarayonida boshqa banklarga o‘xshab 
foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan. Shuning uchun ham, u moliya 
bozorlarida tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari bilan raqobat 
kurashini olib bormaydi. Uning bosh maqsadi mamlakat pul birligining 
barqarorligini ta’minlashdir. Asosiy maqsadi – xo‘jaliklarni uzluksiz to‘-
lov vositalari bilan ta’minlash (ya’ni ularning to‘lov qobiliyatlarini 
yetarli darajada bo‘lishiga yordam berish), hisob-kitoblar tizimini tar-
tibga solish, boshqa banklar faoliyatini nazorat qilishdir. Bu maqsadlarni 
amalga oshirish uchun Markaziy bank quyidagi tadbirlarni amalga 
oshiradi: 
– tijorat banklari zaxiralarini saqlaydi
– banklarga mavsumiy moliyaviy uzilishlarni qoplashga va boshqa 
qisqa muddatli ehtiyojlariga kredit beradi; 
– mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi; 
– boshqa banklar faoliyatini o‘rganadi, tahlil qiladi va nazorat qiladi. 
Hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tijorat banklari 
o‘zlari jalb qilayotgan resurslarning Markaziy bank tomonidan belgi-
langan bir qismini Markaziy bankda saqlaydilar. Bu zaxiralar miqdori-
ning yuqori va past chegaralarini Markaziy bank belgilaydi. 
Markaziy bank tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari uchun 
eng yuqori pog‘onadagi kredit beruvchi organ hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida: «O‘zbekiston Respub-
likasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi», – deyil-
gan. Shu sababli u banklarning banki deb ataladi. 
[19]
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi qo-
nunning 6-moddasida Markaziy bank va Davlatning munosabatlari ha-
qida shunday yozilgan:
«Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasidagi qarorlar qabul qilish 
borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankining majburiyatlari yuzasi-
dan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar 
bo‘lmaydi, basharti, bular o‘z zimmalariga bunday majburiyatlarni ol-
magan bo‘lmasalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan 
bo‘lsa».
Markaziy bank mustaqil yuridik shaxs sifatida quyidagi vakolatlarga 
1
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni // «Xalq so‘zi», 1996 yil 
13-yanvar. 


34
ega. 
Uning birinchi va eng asosiy vakolati – bu davlat bank tizimining 
markazi bo‘lish huquqiga egaligidir. Bu vakolat doirasida u bank tizimi 
sohasida Nizom, qoida, tartiblarni ishlab chiqish, ya’ni banklar va 
banklarga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar uchun bajarilishi shart bo‘lgan 
bank operatsiyalarini amalga oshirish, banklarda hisob-kitob yuritish, 
buxgalterlik va statistik hisobotlar tuzish va taqdim etish qoidalarini ish-
lab chiqish huquqiga ega. 
Markaziy bank vakolatining asosiy yo‘nalishi uning pul-kredit so-
hasida davlat nazoratini amalga oshirishini tashkil etishdir. U o‘z nazo-
ratidagi subyektlarning operativ xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda 
bank faoliyatining qonuniyligini nazorat qiladi. 
Markaziy bank davlat boshqaruvi organi sifatida davlat pul-kredit 
siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat yuritadi. 
Qayd qilingan vakolatlar doirasida Markaziy bank mustaqil qarorlar 
qabul qiladi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot be-
radi. 
Markaziy bank hukumat bilan munosabatlarga kirishadi hamda 
jahon amaliyotiga muvofiq uning bankiri, fiskal (xazina) agenti (vakili) 
hamda o‘z vakolatlariga kiruvchi hamma muammolar yuzasidan masla-
hatchisi vazifalarini bajaradi, shuningdek, iqtisodiy hamda moliyaviy 
masalalar yuzasidan davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z 
ichiga olgan ma’lumotni hukumatga taqdim etadi. Markaziy bankka 
bunday vakolatlarni berilishi ikki bosqichli bank tizimining unumli ish 
yuritishini ta’minlash imkonini beradi. 
[20]
. Markaziy bank kredit tizimida etakchilik va boshqaruvchi, 
ya’ni bank tizimini tartibga solib turuvchi vazifasini bajaradi. Markaziy 
bank to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek, Markaziy 
bankning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini ta’minlashdan 
iborat. Mazkur maqsad bank oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: 
Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul belgilarini chiqarish 
borasida monopol huquqqa ega bo‘lgan organdir va bu huquq banklar 
faoliyati to‘g‘risidagi qonunda belgilab qo‘yilgan. Markaziy bank bosh-
qa barcha banklar va kredit muassasalari uchun turli qoidalar va yo‘riq-
nomalar ishlab chiqadi hamda ularning to‘laligicha bajarilishini nazorat 
qiladi. 
Markaziy bank hukumatning bosh bankiri va moliyaviy mas-
lahatchisi hisoblanib, davlatlararo turli kelishuvlarda barcha moliyaviy 


35
hamda umumiqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. 
[21]
. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
Qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek, quyidagi faoliyat turlari 
Markaziy bank uchun taqiqlanadi:
– moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish; 
– tijorat bilan shug‘ullanish; 
– O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek, Markaziy 
bank faoliyatini yuritishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarning 
kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik 
shaxslar kapitalida qatnashishga haqli emas.
Bulardan tashqari, Markaziy bank tijorat banklari bilan raqobat qilmas-
ligi uchun uning funksiyalari biroz cheklangan bo‘ladi, ya’ni Markaziy bank 
faqat banklarga va davlatga xizmat qiladi.
[22]
. Markaziy bank xorijiy banklar bilan hamkorlik qiladi. Uning 
boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan o‘zaro munosabat-
lari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, 
banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida Markaziy bank quyidagilarga (9-
modda), ya’ni: 
Markaziy bank mamlakatning iqtisodiy, valuta va boshqa turli 
manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashgan holda: 
–davlatlararo savdo, to‘lov bitimlarining shartlarini ishlab chiqishda 
qatnashadi; 
– xorijiy valutada aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘oz-
lar (devizlar) sotib oladi, xorijiy valutadagi foyda hisobidan valuta fond-
larini tashkil qiladi; 
– boshqa turli tijorat banklarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiq-
lashtiradi; 
boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va o‘zga moliya-
kredit muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya 
qilishga; 
moliyaviy operatsiyalarni bajarishga, shu jumladan chet el hukumatlari, 
chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shu-
ningdek, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga bank 
xizmati ko‘rsatishga; 
xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga; 
O‘zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkredi-
tatsiya qilishga haqlidir. 


36
– milliy pul birligi «so‘m»ning xorijiy valutalarga nisbatan kursini 
belgilaydi, tartibga soladi, mustahkamlaydi va bu borada turli tadbirlar 
ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin