2-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
2.1.
Markaziy bank – yuridik shaxs
[18]
.
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida o‘z
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va
muassasalarni tashkil etadi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti,
viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga
ega bo‘lmagan bosh boshqarmalarni tuzadi. Markaziy bankka qarashli
xizmatlar va muassasalar Markaziy bank boshqaruvi tasdiqlaydigan nizom-
lar asosida faoliyat ko‘rsatadi. Markaziy bank yuridik shaxs sifatida davlat
mulkiga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida
xarajatlarni o‘z daromadlari hisobidan qoplaydi. Markaziy bankning mol-
mulki uning pul va boshqa boyliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati
Markaziy bank balansida aks ettiriladi.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish va bank tizimini nazorat
qilishda muhim o‘rin tutgani sababli uning faoliyati butun dunyo
amaliyotida qo‘llaniladigan Ustav va mazkur mamlakatda bank sohasida
amal qilayotgan qonun bilan tartibga solinadi. O‘zbekistonda amal
Markaziy bankning asosiy vazifalari
Monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish
va ta’minlash.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, ularga kredit
berish.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta rezervlarini, shu jum-
ladan, kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish.
Davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil
etish.
Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash, pul emissiyasini amalga oshirish.
Bank faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziya (ruxsatnoma) berish.
Hukumatning moliyaviy agenti vazifasini bajarish.
Hisobga olish, hisobot berish, hisob-kitob, ssuda va valuta opera-
tsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va. me’yorlarini belgilash
Tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarini amalga oshirishi va h.k.
33
qilayotgan bunday qonun 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonundir.
1
Markaziy bank o‘z faoliyati jarayonida boshqa banklarga o‘xshab
foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan. Shuning uchun ham, u moliya
bozorlarida tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari bilan raqobat
kurashini olib bormaydi. Uning bosh maqsadi mamlakat pul birligining
barqarorligini ta’minlashdir. Asosiy maqsadi – xo‘jaliklarni uzluksiz to‘-
lov vositalari bilan ta’minlash (ya’ni ularning to‘lov qobiliyatlarini
yetarli darajada bo‘lishiga yordam berish), hisob-kitoblar tizimini tar-
tibga solish, boshqa banklar faoliyatini nazorat qilishdir. Bu maqsadlarni
amalga oshirish uchun Markaziy bank quyidagi tadbirlarni amalga
oshiradi:
– tijorat banklari zaxiralarini saqlaydi;
– banklarga mavsumiy moliyaviy uzilishlarni qoplashga va boshqa
qisqa muddatli ehtiyojlariga kredit beradi;
– mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi;
– boshqa banklar faoliyatini o‘rganadi, tahlil qiladi va nazorat qiladi.
Hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tijorat banklari
o‘zlari jalb qilayotgan resurslarning Markaziy bank tomonidan belgi-
langan bir qismini Markaziy bankda saqlaydilar. Bu zaxiralar miqdori-
ning yuqori va past chegaralarini Markaziy bank belgilaydi.
Markaziy bank tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari uchun
eng yuqori pog‘onadagi kredit beruvchi organ hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida: «O‘zbekiston Respub-
likasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi», – deyil-
gan. Shu sababli u banklarning banki deb ataladi.
[19]
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi qo-
nunning 6-moddasida Markaziy bank va Davlatning munosabatlari ha-
qida shunday yozilgan:
«Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasidagi qarorlar qabul qilish
borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankining majburiyatlari yuzasi-
dan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar
bo‘lmaydi, basharti, bular o‘z zimmalariga bunday majburiyatlarni ol-
magan bo‘lmasalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa».
Markaziy bank mustaqil yuridik shaxs sifatida quyidagi vakolatlarga
1
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni // «Xalq so‘zi», 1996 yil
13-yanvar.
34
ega.
Uning birinchi va eng asosiy vakolati – bu davlat bank tizimining
markazi bo‘lish huquqiga egaligidir. Bu vakolat doirasida u bank tizimi
sohasida Nizom, qoida, tartiblarni ishlab chiqish, ya’ni banklar va
banklarga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar uchun bajarilishi shart bo‘lgan
bank operatsiyalarini amalga oshirish, banklarda hisob-kitob yuritish,
buxgalterlik va statistik hisobotlar tuzish va taqdim etish qoidalarini ish-
lab chiqish huquqiga ega.
Markaziy bank vakolatining asosiy yo‘nalishi uning pul-kredit so-
hasida davlat nazoratini amalga oshirishini tashkil etishdir. U o‘z nazo-
ratidagi subyektlarning operativ xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda
bank faoliyatining qonuniyligini nazorat qiladi.
Markaziy bank davlat boshqaruvi organi sifatida davlat pul-kredit
siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Qayd qilingan vakolatlar doirasida Markaziy bank mustaqil qarorlar
qabul qiladi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot be-
radi.
Markaziy bank hukumat bilan munosabatlarga kirishadi hamda
jahon amaliyotiga muvofiq uning bankiri, fiskal (xazina) agenti (vakili)
hamda o‘z vakolatlariga kiruvchi hamma muammolar yuzasidan masla-
hatchisi vazifalarini bajaradi, shuningdek, iqtisodiy hamda moliyaviy
masalalar yuzasidan davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z
ichiga olgan ma’lumotni hukumatga taqdim etadi. Markaziy bankka
bunday vakolatlarni berilishi ikki bosqichli bank tizimining unumli ish
yuritishini ta’minlash imkonini beradi.
[20]
. Markaziy bank kredit tizimida etakchilik va boshqaruvchi,
ya’ni bank tizimini tartibga solib turuvchi vazifasini bajaradi. Markaziy
bank to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek, Markaziy
bankning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini ta’minlashdan
iborat. Mazkur maqsad bank oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul belgilarini chiqarish
borasida monopol huquqqa ega bo‘lgan organdir va bu huquq banklar
faoliyati to‘g‘risidagi qonunda belgilab qo‘yilgan. Markaziy bank bosh-
qa barcha banklar va kredit muassasalari uchun turli qoidalar va yo‘riq-
nomalar ishlab chiqadi hamda ularning to‘laligicha bajarilishini nazorat
qiladi.
Markaziy bank hukumatning bosh bankiri va moliyaviy mas-
lahatchisi hisoblanib, davlatlararo turli kelishuvlarda barcha moliyaviy
35
hamda umumiqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etadi.
[21]
. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi
Qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek, quyidagi faoliyat turlari
Markaziy bank uchun taqiqlanadi:
– moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish;
– tijorat bilan shug‘ullanish;
– O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek, Markaziy
bank faoliyatini yuritishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarning
kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik
shaxslar kapitalida qatnashishga haqli emas.
Bulardan tashqari, Markaziy bank tijorat banklari bilan raqobat qilmas-
ligi uchun uning funksiyalari biroz cheklangan bo‘ladi, ya’ni Markaziy bank
faqat banklarga va davlatga xizmat qiladi.
[22]
. Markaziy bank xorijiy banklar bilan hamkorlik qiladi. Uning
boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan o‘zaro munosabat-
lari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek,
banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida Markaziy bank quyidagilarga (9-
modda), ya’ni:
Markaziy bank mamlakatning iqtisodiy, valuta va boshqa turli
manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashgan holda:
–davlatlararo savdo, to‘lov bitimlarining shartlarini ishlab chiqishda
qatnashadi;
– xorijiy valutada aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘oz-
lar (devizlar) sotib oladi, xorijiy valutadagi foyda hisobidan valuta fond-
larini tashkil qiladi;
– boshqa turli tijorat banklarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiq-
lashtiradi;
boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va o‘zga moliya-
kredit muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya
qilishga;
moliyaviy operatsiyalarni bajarishga, shu jumladan chet el hukumatlari,
chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shu-
ningdek, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga bank
xizmati ko‘rsatishga;
xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga;
O‘zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkredi-
tatsiya qilishga haqlidir.
36
– milliy pul birligi «so‘m»ning xorijiy valutalarga nisbatan kursini
belgilaydi, tartibga soladi, mustahkamlaydi va bu borada turli tadbirlar
ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |