42
Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bunday ko‘rsatkichlar makroiqtisodiyotni
tartibga solishning
sehrli kvadrati
deb yuritiladi.
[31]
. Bank tizimining taraqqiy etishini va o‘z vazifasini ishonchli
darajada barqaror bajarishining asosi – bu iqtisodiyotni pul-kredit vosi-
tasida tartibga solishning moslanuvchan mexanizmini shakllantirishdir.
Bu mexanizm Markaziy bankka:
– xo‘jalik faolligiga samarali ta’sir ko‘rsatish;
– muassasalar faoliyatini nazorat qilish;
– pul muomalasi barqarorligiga erishish;
– naqd va naqd pul bo‘lmagan jami pul massasining o‘zgarishini
nazorat qilish;
– o‘z faoliyatining maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlarini tanlash;
– pul-kredit siyosatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
– qo‘yilgan masalalarga erishishning muayyan usullari, dastaklari
hamda vositalarini tanlash imkonini beradi.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirish jarayonida
kreditlar va pul massasi miqdorlarining zarur darajada kengayishini ta’-
minlashga harakat qiladi. Bu esa ichki narxlar barqarorligiga rioya qil-
gan holda o‘sib borayotgan iqtisodiyotning uzoq muddatli ehtiyojlariga
mosdir. Birmuncha qisqa muddatlar uchun pul-kredit siyosati, odatda,
nomatlub inflatsiya va deflatsiya jarayonlariga qarshi turish maqsadida
amalga oshirilishi kerak.
Pul-kreditni tartibga solishdan asosiy maqsad narxlar barqarorligini
ta’minlash, ortiqcha xarajatlarning oldini olish, iqtisodiy o‘sishga
yordam beruvchi sharoitlarni yaratish, nomatlub inflatsiya va deflatsiya
jarayonlariga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Ma’lumki, pul massasining haddan tashqari ko‘payishi mamlakatda
ishlab chiqarilgan yoki chetdan keltirilgan tovarlarga qilinadigan xara-
jatlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga, yoxud narx-navoning ko‘ta-
rilishiga olib keladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning chek-
langan miqdorda taklif qilinishi tufayli pul mablag‘larining talaygina
qismini chetda ishlab chiqarilgan tovarlarga yo‘naltirilishi oqibatida to‘-
lov balansida tang holat yuz beradi.
[32]
. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bank pul-kredit
siyosatini ro‘yobga chiqarishda quyidagi usullardan foydalanadi (6-
chizma).
Dostları ilə paylaş: