50
V
5F1
aylanmasida cheklanmagan miqdordagi shaxslar qatnashi-shi
mumkin. Chunki veksel muayyan pul summasini talab qilish huqu-qini
boshqa shaxsga o‘tkazish tartibida beriladi. Aksariyat veksellar naqd pul
ishtirokisiz veksel majburiyatlarini o‘zaro surishish yo‘li bilan
qoplanadi. Biroq naqd pul o‘rnini veksel muomalasi bilan bosishning
ham chegaralari bor. Bu chegaralar quyidagilar bilan izohlanadi.
Birinchidan
, tijorat krediti tovar aylanmasining faqat bir qismini,
asosan ulgurji savdoni qamrab oladi.
Ikkinchidan
, veksel majburiyatlarini o‘zaro surishishi bo‘yicha sal-
do naqd pul to‘lanishini talab qiladi.
Uchinchidan
, veksellar cheklangan sohada aylanadi.
To‘rtinchidan
, veksellar aylanishi ularning muddati bilan cheklab
qo‘yiladi.
Shu munosabat bilan tijorat veksellari aylanishi chegarasi ularni
banknotlarga
aylantirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Klassik banknotlar
veksel (tovar) va oltin (Markaziy bankning
oltin zaxirasi) bilan ta’minlanadi.
Klassik banknotlarning ikki tomonlama – kredit va metall bilan ta’-
minlanishi banknotlar muomalasining nisbatan barqaror va moslashuv-
chan bo‘lishiga kafolat beradi. 30-yillardan boshlab barcha rivojlangan
mamlakatlarda oltinga almashtirilmaydigan banknotlargina chiqarila
boshlandi. Hozir faqat ayrim mamlakatlar qonunlarida banknotlar oltin
bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Aksariyat davlatlarda u qonun yo‘li
bilan bekor qilingan.
1
Bu
h
aqda mazkur turkumning 2-soniga qarang. (Abdullayev Yo., Qoraliyev T. Pul. – T.: Me
h
nat,
1997.)
Dostları ilə paylaş: