48
yashirib qo‘yiladi yoki pinxoniy (xufiya) iqtisodiyotga o‘tib ketadi va
shu tariqa muomala muhitidan chetga chiqib qoladi.
XX asrda turli mamlakatlarda kundalik pul muomalasidan oltinni
chetga chiqarib qo‘ygan xilma-xil qog‘oz banknotlar «yomon» pul rolini
o‘ynagan.
[37]
. Metall pullar tarixan metall tangalar shaklida ikki ko‘rinishda
shakllangan (7-chizma).
Monometallizmda
pul metali roli faqat bitta qimmatbaho metallga
biriktirib qo‘yiladi.
Bimetallizmda
esa bu vazifani ikki metall (oltin va
kumush) bajaradi.
7-chizma.
Metall pullar tizimi.
Qiymati yuqoriligi va ixchamligi tufayli oltin pul vazifasini baja-
rishga ko‘proq mos keladi. Shu bois oltin monometallizmi oxir-oqibatda
kumush monometallizmini va bimetallizmni siqib chiqaradi. XX asr oxi-
riga borib u ustuvor pul tizimiga aylanadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, pul muomalasida pul metali deb
qabul qilingan metalldan tayyorlangan tangalar asosiy rolni o‘ynadi:
kumush monometallizmida – kumush, oltin monometallizmida – oltin.
Bulardan tashqari muomalada mis chaqalar, shuningdek, qiymat bel-
gilari – kredit va qog‘oz pullar ham mavjud bo‘lgan.
Bimetallizm uzoq vaqt saqlanib turdi. Masalan, AQSHda butun XIX
asr mobaynida kumush bilan oltin o‘rtasidagi rasmiy tenglik darajasi
(paritet) bir unsiya oltin uchun 15-16 unsiya kumushni tashkil etib kel-
gan, lekin metallarning bozor kurslari ancha keng o‘zgarib borgan. Bu
esa doim ham oltin foydasiga bo‘lavermagan. O‘tgan asr oxiriga kelib
kumush sekin-asta mayda tanga holatiga o‘tib qoldi. 1933-yil AQSHda
bimetallizm tizimi butkul tugatildi.
O‘sha davrda, o‘tgan asr oxiriga kelib, oltin ayniqsa katta ahamiyat
kasb etdi. Oltin monometallizmi deb ataluvchi tizim yoki oltin tanga
4F1
kapitalizmgacha ma’lum bo‘lgan barcha pul tizimlari orasida eng
1
1929-1933-yillardagi Buyuk depressiyaga qadar jahonda
Dostları ilə paylaş: