ijobiy nazoratga va iqtisodiyotning bir qator ustuvor sohalari
(masalan, qishloq xo‘jaligi uchun) qarzlarning quyi miqdorlarini bel-
gilashni o‘z ichiga oladigan
salbiy nazoratga bo‘linadi.
Tanlab amalga oshiriladigan
ijobiy nazorat bankning ehtiyotkorligi
(iqtisodiyotning muayyan sohasiga bank qarzlarini berishni, ularning
tabaqalanishi va shu tariqa kredit riskining qisqarishini rag‘batlantirish
uchun cheklash) nuqtayi nazaridan yoki makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tanlab amalga oshiriladigan
salbiy nazorat makroiqtisodiy barqa-
rorlikni ta’minlash uchun emas, balki u mikroiqtisodiy maqsadni, ya’ni
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun hayotiy muhim va ayni paytda
tanazzulni boshidan kechirayotgan sektorlarni qo‘llab-quvvatlashga qa-
ratilgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga nisbatan ana
shunday usul qo‘llanilmoqda.
Ikkinchidan , bank tomonidan beriladigan kreditlarning umumiy
summasiga nisbatan joriy etiladigan kreditning eng yuqori miqdori. Bu
miqdor, odatda, ayrim banklar uchun bir xil bo‘lmaydi va ko‘pincha har
bir bankning uzilmagan kreditlar summasiga bog‘liq. Limitlarni bel-
gilash chog‘ida
mezon sifatida bank sarmoyasining miqdoridan ham
foydalanish mumkin.
Uchinchidan , kredit ekspansiyasining inflatsiya oqibatlari (uni moli-
yalash usuli) ga bog‘liq ekanligini hisobga oladigan kreditning yuqori
miqdorlari. Banklar o‘z kreditlarini uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar chi-
qarish yoki uzoq muddatli jamg‘arma omonatlarini jalb qilish hisobiga
moliyalashlari mumkin. Bu hol kreditlarni joriy omonatlar hisobidan mo-
liyalashga qaraganda inflatsiyada kamroq aks etadi.
2.4. Markaziy bankning pul tizimi va pul muomalasini tashkil