18. Bozor riski: a) ijarachining bankdan olgan mulkidan samarali foydalana olmasligi, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshira olmasligi natijasida yuzaga keladi; b) bozor narxlari nomaqbul o‘zgarishi oqibatida ehtimolli zarar ko‘rilishi tufayli yuzaga keladi; c) bankning uchinchi shaxsdan sotib olgan qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshira olmaslik natijasida yuzaga keladi; d) qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlari hamda ssudalarning barcha kategoriyalari bo‘yicha zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. 19. Investitsiya riski: a) bank kassasi orqali o‘tuvchi naqd pullarni saqlanishi bilan bog‘liq xavfli holatlar natijasida vujudga keladi; b) bankning kelishilgan shartnoma bo‘yicha mijozning talabiga binoan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkaza olmasligi sharoitida yuzaga keladi; c) qimmatli qog‘oz emitentining moliyaviy holati yomonlashishi oqibatida investitsiyalar portfelining kamayishi yoki qo‘yilgan mablag‘larni yo‘qotish riskini ifodalaydi; d) qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlari hamda ssudalarning barcha kategoriyalari bo‘yicha zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.
436
20. Bank portfeli riski: a) qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlari hamda ssudalarning barcha kategoriyalari bo‘yicha zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq holda yuzaga keladi; b) mijoz tomonidan asosiy qarz summasini va kredit bo‘yicha foizlarni to‘lay olmaslik ehtimoli bo‘lganda yuzaga keladi; c) bankning kelishilgan shartnoma bo‘yicha mijozning talabiga binoan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkaza olmasligi sharoitida yuzaga keladi; d) b + c.