49
barqaror mavqeni egalladi. Birinchi jahon urushi oqibatida aksariyat
davlatlarda bu tizim ham barham topdi. Shu urushda qatnashgan barcha
mamlakatlarda (AQSHdan tashqari) banknotlarni oltinga almashtirish
to‘xtatildi, oltin tangalar muomaladan chiqib ketdi va ularning o‘rnida
qadrsizlanadigan qog‘oz pullar paydo bo‘ldi.
[38]
.
«Buyuk depressiya»
nomi bilan tanilgan 1929-1933-yil-
lardagi jahon iqtisodiy tangligi pul tizimlarining yangi turi – kredit va
qog‘oz pullar tizimining shakllanishiga asos soldi. Bu tizimning vujudga
kelishi quyidagi zaruriyatlar bilan izohlanadi:
– oltinning muomaladan to‘la chiqib ketishi;
– banknotlarni oltinga almashtirishni to‘xtalishi va ular qadrining oltin
bilan o‘lchanishini bekor qilinishi;
– davlat tomonidan tadbirkorlik sohasini keng kreditlash maqsadida pul
emissiyasining ko‘paytirilishi;
– naqdsiz aylanmaning sezilarli kengayishi.
Bundan tashqari qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi tovar ishlab chi-
qarishning rivojlanishi hamda metall pullarning edirilishi, ishdan chi-
qishi va yo‘qolishi tufayli ularning haddan ziyod qimmatga tushishi hol-
lari bilan bog‘liq.
U yoki bu davlatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlangani sayin
muomaladagi qog‘oz pullar tobora kamayib, ularning o‘rnini
kredit
pullar
egallay boshlaydi.
Kredit pullarning besh asosiy turi bor (8-chizma).
Dostları ilə paylaş: