Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   354
Bank iwi

 
7-jadval. 
Tijorat banklarining turlari va ularning bir - biridan farq qiluvchi 
jihatlari 
 

 Turkumlash 
belgilari 
Farq qiluvchi jihatlar 
1 2 

1. Mulkchilik 
shakliga 
qarab 
Davlat banklari 
Aksioner banklar 
Kooperativ banklar 
Xususiy banklar 
Mintaqaviy banklar 
Qo‘shma banklar 
Xorijiy banklar 
2. Bajariladigan 
operatsiyalariga qarab 
Universal banklar 
Maxsus banklar (investitsiya banklari, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, 
Zamin banki va h.k.) 
3. Faoliyat 
ko‘rsatish 
hududi yoki joylash-
gan joyiga qarab 
Xalqaro bank 
Respublika miqyosidagi bank 
Mintaqaviy bank 
Viloyat banklari 
4. Tarmoq 
yo‘nalishiga 
qarab 
Sanoat banki 
Qurilish banki 
Qishloq xo‘jalik banki 
Savdo banki va h.k.
Mustaqillik yillarida xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi banklarni 
tashkil etishga davlat tomonidan alohida e’tibor berildi. Hozirgi paytda 
Respublikamiz hududida «O‘zprivatbank», «KDF bank», va O‘zbek-
Turkiya «UT-bank»i hamda O‘rta Osiyo hamkorlik va taraqqiyot 
bankining Toshkentdagi sho‘ba banki, Eronning «Soderot» banki 
samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Hozirgi kunda Respublikamizda 2 ta davlat banki, 3 ta aksiyadorlik 
tijorat banki, 10 ta tijorat banki, 15 ta xususiy bank, 3 ta xorijiy sarmoya 
ishtirokidagi banklar, 2 ta sho‘ba va qator minibanklar faoliyat 
ko‘rsatmoqdalar. 
[69]
. Tijorat banklari o‘z ustaviga ega bo‘lib, shu ustav asosida 


101
faoliyat ko‘rsatadi. Bank ustavida: 
bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi 
(pochta manzili); 
ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav 
kapitalidagi ulushlarning taqsimoti; 
bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning 
vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; 
bank auditi tartibi, shu jumladan, buxgalteriya hisobi xalqaro 
standartlarga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining 
maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 
Bank ustavida «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 
8-moddasida belgilangan yuqoridagi talablardan tashqari, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagilarni, ya’ni: 
bankka yuridik shaxs maqomini berish to‘g‘risidagi nizom; 
bankka qarashli muassasalar ro‘yxati, ularning maqomi; 
bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini 
to‘xtatish tartibi; 
faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish 
majburiyati (tartibi); 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro 
munosabatlarini ham o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim. 
Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan 
talablardan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlar va mas’uliyati cheklangan 
jamiyatlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida mujassam-
lashtirishi kerak. Tijorat banklar ustaviga o‘zgartirishlar O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlaridagi o‘zgarishlar munosabati bilan kiritiladi va 
ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
[70]
.Tijorat banklarining eng muhim vazifalari an’anaviy tarzda 
quyidagilar hisoblanadi: 
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari, jamg‘armalar va yig‘malarni 
mujassamlashtirish; 
hisob-kitob to‘lov mexanizmining faoliyat ko‘rsatishini ta’-
minlash, xalq xo‘jaligida hisob-kitobni amalga oshirish va tashkil etish, 
to‘lov muomalasini yo‘lga qo‘yish; 
alohida xo‘jalik birliklari, yuridik va jismoniy shaxslarni 
kreditlash, ichki va tashqi xo‘jalik aylanmasiga kredit xizmati ko‘rsatish; 
veksellarni hisobga olish va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish; 
moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash; 


102
mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish (trast 
operatsiyalari). 
Zamonaviy bank vazifalarini chizmada quyidagicha tasvirlash 
mumkin (21-chizma). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin