Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   354
Bank iwi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
21-chizma

Zamonaviy banklarning vazifalari. 
Tijorat banklarining strategik maqsadi ularning strategik vazifalarini 
belgilab beradi. Ular quyidagilardan iborat:
kadrlar siyosatini kuchaytirish; 
bank biznesini olib borishning xalqaro andozalari va prin-
tsiplarini joriy etish; 
xalqaro moliya institutlari va banklari bilan o‘zaro muno-
sabatlarni rivojlantirish; 
bankning ichki fond bozoridagi mavqeyini mustahkamlash, 
davlat qimmatbaho qog‘ozlariga qo‘yilmalarni ko‘paytirish; 
tuman filiallari va viloyat boshqarmalari darajasida va ular 
kliringini bosh bank darajasiga yagona korporativ tarmog‘ini qurish. 
To‘lov tizimini viloyat boshqarmalari darajasida va ular kliringini bosh 
bank darajasida yagona korrespondentlik tizimiga o‘tkazish; 
elektron plastik kartochkalar tizimni joriy etish, bankomat va 
elektron terminallar tarmog‘ini kengaytirish, kredit hisob-kitob kartoch-
kalariga xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish; 
o‘z depozit bazasini ko‘paytirish; 
Zamonaviy 
bank 
Investitsiyani ba-
jarish vazifasi 
Trast vazifasi 
Sug’urtalash 
vazifasi 
Bank investori 
vazifasi 
Naqd pullarni 
boshqarish vazifasi
To’lov 
vazifasi 
Kreditlash vazifasi 
Jamg’arish vazi-
fasi 
Brokerlik 
vazifasi 
Iqtisodiy, moliyaviy axborot-
lar va maslahatlar berish vazi-
fasi 


103
lizing xizmati, shuningdek, iqtisodiyotning aniq sektorini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlashni kengaytirish; 
bank marketingini mijozlar bazasi marketingi bilan muvofiq 
holda joriy etish va keng ko‘llash; 
kichik, o‘rta biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilgan ichki qoida va tamoyillarni 
takomillashtirish; 
bank infratuzilmasini rivojlantirish; 
bankka xalqaro reyting agentliklarining reytingini berish bo‘yicha 
tadbirlar majmuyini amalga oshirish. 
[71]. 
Banklar faoliyatida tijorat ma’lum qoidalarga asoslanadi. Ular 
orasida eng muhimi – xo‘jalik yuritishdan foyda olish qoidasi, iloji 
boricha, katta foyda ko‘rish. Biroq tijorat bankida ko‘p foyda olish 
imkoniyatlari cheklangan.
Birinchidan, katta marja ketidan quvish mijozlardan mahrum bo‘lib 
qolishga olib kelishi mumkin, chunki ular haddan tashqari katta qo‘yil-
gan stavkali kreditdan voz kechishlari aniq, ikkinchidan, banklararo 
raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidan bir qadar samaraliroq 
ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Daromadlilik 
(foyda ko‘rish) qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo‘la 
olmaydi. Bank tijoratning bu qoidasi asosan «Arzonroq sotib olish, qim-
matroqqa sotish» formulasi orqali amalga oshadi. Biroq bu qoidaga ma-
daniy yondashmoq lozim. U qonunchilikka tayanishi, unga aslo zid 
kelmasligi, binobarin, bunda shunday shart-sharoit yaratilish kerakki, 
har bir bank o‘zining tijorat ishlarini amalga oshirayotganda bank 
xizmati bozori haqida bab-baravar axborot olish imkoniyatiga ega 
bo‘lsin. 
Tijorat nuqtayi nazardan qaraganda, bekor yotgan resurslar bo‘l-
masligi kerak. Boshqacha aytganda, bankning hamma pullari, barcha 
resurslari imkon qadar ishlashi lozim. Biroq haqiqiy ahvol shundan 
iborat bo‘ladiki, mablag‘larning bir qismi zaxiraga qo‘yiladi, u muoma-
lada kamroq qatnashadi yoki umuman ishtirok etmaydi, yana bir qismi 
esa iqtisodiyotni kreditlash uchun mo‘ljallanadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, 
bank biznesi nuqtayi nazaridan qaraganda bu g‘ayritabiiy, shuning 
uchun ham, birlamchi va ikkilamchi zaxiralarga nisbatan kreditlar sal-
mog‘i qanchalik katta bo‘lsa, foyda ham shunchalik ko‘p kelishini bilib 
qo‘ygan ma’qul. 
Shuningdek, bank faoliyatining muhim qoidalaridan yana biri shuki, 


104
bank iqtisodiy korxona sifatida o‘z mablag‘i, o‘z foydasi ustidan 
tavakkal ish tutishi mumkin, ammo zinhor mijoz mablag‘i yuzasidan 
emas. Muvaffaqiyatsiz bank tijoratidan bankning o‘zi jabr tortishi 
mumkin, ammo mijoz hech qachon jabrlanmasligi kerak, chunki kredit 
muassasasi uning uchun yaratilgan. 
Bank tijorati «hamma narsa mijoz uchun, hamma narsa uning 
foydali faoliyatini ta’minlash uchun» qoidasi asosida harakat qilishi lo-
zim. Bankning amaliy faoliyatida eng muhimi mijozning foyda ko‘rishi, 
undan keyingina bankning foydasi, chunki pirovard natijada mijoz foyda 
olib faoliyat ko‘rsatgandagina bank ham foyda olgan bo‘ladi, sababi-
kreditlar bo‘yicha foizlar faqat mijoz olgan foyda hisobidan to‘lanadi. 
Bank mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, 
o‘zining manfaatini ham amalga oshirgan bo‘ladi. 
Afsuski, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ba’zi banklar xo‘jalik-
ning foydali yuritish qoidasini butunlay o‘z iqtisodiy manfaatlarini qondi-
rish qoidasi deb tushundilar. Bankning foyda ko‘rishi kredit muassasa-
sining faoliyatida birinchi o‘ringa qo‘yildi. Mijozdan «yulib olish» ba’zan 
aqlbovar qilmaydigan katta miqdorni tashkil etdi.
[72]
. Tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan beriladigan bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi 
litsenziyalar asosida faoliyat yuritadilar. Litsenziyada bank bajaradigan 
operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Litsenziyasiz amalga oshiriladigan 
bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat 
natijasida olingan daromad, davlat budjetiga olib qo‘yilishi lozim. 
Litsenziya olish uchun ta’sischilar quyidagi hujjatlarni Markaziy 
bankka taqdim etadilar: 
litsenziya berish to’g’risida rasmiy iltimosnoma; 
ta’sis etish hujjatlari, ya’ni: 
ta’sis etish shartnomasi; 
bank ustavi; 
bank ustavini qabul qilish va rahbariyatini tayinlash to’g’risidagi yozma bayon; 
iqtisodiy asoslov; 
ta’sischilarning moliyaviy holati to’g’risidagi auditorlik tashkiloti tomonidan 
berilgan xulosa; 
bankning ta’sischilar taklif etgan rahbarlarining (rais va bosh buxgalter) 
professional ishga yaroqliligi;
qonunda ko’zda tutilgan boshqa hujjatlar.


105
Xorijiy kapital ishtirok etuvchi bank, xorijiy bank uning filialining 
litsenziya olish hollarida yana qo‘shimcha ravishda belgilangan bir 
nechta rasmiy hujjatlar taqdim etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha tijorat banklari 
uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash maqsadida xorijiy bank 
ta’sischilari va xorijiy kapitalli banklarga ularning ustav kapitalini 
minimal va maksimal miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha talablar qo‘yish 
vakolatiga ega. 
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish uchun muassislar 
dastlabki ruxsatnoma olingan kundan boshlab uzog‘i bilan 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin