Rejalashtirish – maqsadni belgilash, unga yetish vositalarini aniqlash va harakat yo‘llari to‘g‘risida muntazam ravishda dastur ishlab chiqish jarayonidir.
Savdoning xo‘jalik mexanizmi – uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqaruv uchun usullari, tashkiliy tuzilmasi, aniq xo‘jalik yuritish shakllari, huquqiy, psixologik vosita va normalar majmuasidir.
Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqaruvchilar, xo‘jalik sub’ektlari orasida sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiat va ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonlar, hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘lgan xabarlar majmuasini tushuniladi.
Metod - grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib «nimagadir yo‘l», bilish uslubi, jamiyat va tabiat hodisalarini tadqiqot qilish usuli ma’nosini bildiradi.
Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo‘lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar ham kiritiladi.
Moliya – bu pul tizimi bo‘lib, naqd pullar, pulga aylanishi mumkin bo‘lgan chet el valyutalari, banklardagi naqd pulsiz mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar majmuasidir. Davlat, korxona, uy xo‘jaligi (oila xo‘jaligi) o‘rtasidagi pul aloqalari moliyaviy munosabatlarni tashkil qiladi. Lekin, moliya bu pulni o‘zi emas, u pul orqali faoliyat natijalarini, daromad va foydani taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq aloqalardir.
Chakana tovar oboroti – iste’mol tovarlarining aholiga va boshqa iste’molchilarga, ularni ehtiyojlarini qondirish uchun sotilish miqdorini puldagi ifodasidir. Chakana tovar oboroti savdo korxonalarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Chakana tovar oboroti iqtisodiy kategoriya hisoblanadi va tovar ayriboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni natijasidir. Chakana tovar oboroti bir tomondan savdo korxonalari faoliyatining natijasi, ularni ijtimoiy – iqtisodiy samaradorligini, ikkinchi tomondan aholining sotib olish qobiliyatini real moddiy ne’matlarga aylanishini ko‘rsatadi, ya’ni aholini moddiy farovonligi ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Bozorga chiqarilgan yoki sotishga mo‘ljallangan mahsulot tovar deb hisoblanadi.