9.1. Savdo korxonalarining daromadlarining tabiati, mohiyati va turlari Umuman olganda «daromad» so‘zining mazmuni «davlat, savdo sanoat muassasalari, korxonalar, ijtimoiy tashkilot yoki ayrim shaxs hisobiga tushadigan sof pul va boshqa mablag‘lar» deb o‘zbek tilining izohli lug‘atida (Moskva «Rus tili» nashriyoti 1981, 211- bet) ta’riflangan. Aslida so‘zning mazmunini korxona, xo‘jalik sub’ektlari yoki shaxsning qandaydir faoliyati natijasida uning tasarrufiga tushadigan sof pul yoki moddiy ne’matlarni anglatadi.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda savdo sohasi daromadiga berilgan ta’riflarni umumlashtirib quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- savdo va umumiy ovqatlanish koxonalarining yalpi daromadi deganda barcha faoliyat turlaridan olingan daromadlarning majmuasi tushuniladi2;
- daromadlar deganda iqtisodiy manfaatlarning o‘sishi natijasida kapitalning ortib borishi tushuniladi3;
- yalpi daromad deganda, savdo korxonalariga savdo jarayonidan va boshqa faoliyatlardan tushadigan daromadlar summasi nazarda tutiladi4;
- savdo korxonasining yalpi daromadi deganda savdo xizmatlarini sotishdan tushgan umumiy tushum summasi, ya’ni tovar oboroti va tovarlar sotib olish qiymati o‘rtasidagi farq hamda tovarlar sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatlardan olingan daromadlar tushuniladi5;
- savdo korxonalari va tashkilotlarining yalpi daromadi deganda muomala xarajatlarini qoplash va foydani shakllantirishga yo‘naltiriladigan tovarlar sotishdan va boshqa ishlar va xizmatlardan tushgan pul mablag‘lari summasi tushuniladi6;
- savdoning yalpi daromadi – bu tovarlarni va xizmatlarni sotishdan tushgan tushum va tovarlar bilan ta’minlovchilarga tovarlar qiymatini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar farqidir7.
Bunday ta’riflar sonini ko‘plab keltirish mumkin.
Ushbu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, «daromad» kategoriyasiga hisob-kitob nuqtai nazaridan qarash mavjud, uni tabiati va mohiyati iqtisodiy kategoriya sifatida yoritilmagan.
Savdo korxonalari (shahobchalari)ning hamda boshqa xo‘jalik sub’ektlari va alohida shaxslar daromadi ular faoliyati natijasida yaratilgan qiymat nuqtai nazaridan qaralishi nazariy jihatdan to‘g‘ri bo‘ldi. Savdoda daromad ular faoliyatining bahosi, ya’ni ular faoliyatida sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatning (mehnat vositalari va ishchi kuchi xarajatlari) qiymati va qo‘shimcha qiymatning puldagi ifodasini anglatadi. Nazariy jihatdan u «c + v+ m» -ga teng. Bu yerda «s + v» jonli va jonsiz mehnat sarflarini, ya’ni savdo xarajatlarini anglatsa, «m» - ularni sof foydasini miqdorini anglatadi.
Savdoda ishlab chiqarishdan farqli, barcha xarajatlari daromad (ularni ustamalari) hisobidan qoplanadi, ya’ni ular tovarlar qiymati tarkibida aks topadi, ishlab chiqarishda esa, xarajatlar tannarx tarkibiga kiradi va u mahsulot (ish, xizmat) ni sotishdan olingan sof tushum hisobidan qoplanadi. Umuman ishlab chiqarishda «daromad» kategoriyasi ishlatilmaydi, u yerda «daromad», «yalpi foyda» deb yuritiladi. Savdo faoliyati qiymati (c + v + m), ularning daromadida o‘z aksini topadi. Ushbular nuqtai nazaridan, bizlarning fikrimizcha, savdo sohasidagi «daromad»ni, ular faoliyatida yaratilgan qiymatning puldagi ifodasi sifatida, ya’ni ular faoliyatining bahosi sifatida qaralish iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan haqiqatga yaqin bo‘ladi.
Shunday qilib, savdo korxonalari (shahobchalari)ning daromadi – bu ular faoliyati natijasida yaratilgan qiymatning puldagi ifodasidir va u savdo sohasi faoliyatining bahosi sifatida nomoyon bo‘ladi.
Daromad tovarlar bahosining bir elementi hisoblanadi.
Daromadning iqtisodiy yo‘naltirilish mohiyati bo‘yicha barcha xarajatlar, soliqlar, to‘lovlarni va foydani ta’minlashdir.
Ushbu sohada daromad ular tomonidan sotiladigan tovarlarni sotib olingan baholariga qo‘yiladigan ustamalar miqdorida o‘z aksini topadi.
Savdo sohasida daromadlarni asosiy qismi tegishli tovarlarni sotishdan shakllanadi. Bunda daromadni shakllantiruvchi ko‘rsatkich sifatida savdo korxona (shahobcha)larini, tovarlarni sotib olish bahosiga qo‘yiladigan ustamalar hisoblanadi. Ushbu korxona (shahobcha)lar tovarlar sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan, bajargan boshqa ishlar va xizmatlardan ham daromadlar oladi.
Savdo korxonalari faoliyatlarini tijoratlanishi natijasida ular daromadini shakllanishi, mohiyati va turlari tubdan o‘zgarib ketdi.
Buxgalteriya va statistik hisobotlarda savdo korxona (shahobcha)larining daromadlari quyidagicha shakllanadi.
«Mahsulot (ish xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» da (5 fevral 1999 yil 54 – sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori) xo‘jalik sub’ektlari, jumladan savdo korxonalari daromadlarining turlari va aniqlash usullari keltirilgan.
Nazariy jihatdan savdo korxonalarini sotishdan olgan daromadi ularni muomala xarajatlarini qoplash va foyda olish manbai bo‘lib, u savdoning iste’mol tovarlari bahosidagi hissasining miqdorini anglatadi. Bundan kelib chiqib, savdoning sotishdan olgan daromadi savdo xizmatlarini sotishdan tushgan tushum, ya’ni savdo xizmatlari qiymatini puldagi ifodasidir. Ushbu ta’rif sotishdan olgan daromadni mohiyatini ochib beradi.
Savdoni tovarlarni ishlab chiqarishdan to iste’molchilarga yetkazish, uning bilan bog‘liq bo‘lgan savdo xizmatlarini to‘lash tovarlarni chakana bahosi hisobidan amalga oshiriladi va u savdo xizmatining qiymati bo‘lib, hisoblanadi.
Savdo harajatlarini to‘lash manbai bo‘lib, savdo ustamalari xizmat qiladi. U tovarlar chakana bahosi bilan tovarlarni sotib olish (ulgurji savdodan, ishlab chiqarishdan yoki boshqa vositachilardan) bahosi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanadi.
Savdo korxonalarining daromadlari yuqorida keltirilgan Nizom bo‘yicha quyidagilardan tarkib topadi:
Sotishdan olingan daromad. Savdoning «Tovarlarni sotishdan olgan yalpi daromadi» sotishdan olinadigan sof tushumdan sotilgan tovarlarni harid qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Sotishdan olinadigan sof tushum tovar oboroti summasidan tovarlarni sotib olish qiymatiga kiritiladigan, (ishlab chiqarish korxonalarini sotish (ulgurji) baholaridan tashqari) sotib olish bilan bog‘liq qo‘shimcha harajatlarni (bojxona to‘lovlari – aksiz solig‘i, QQS, bojxona boji va yig‘imlari; vositachilik yoki brokerlik harajatlari va boshqalarni) chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar. Ular qatoriga moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va favqulotdagi daromadlar kiradi.
Savdo korxona(shahobcha)lari daromadining tarkibiy turlari 9.1.1. -rasmda keltirilgan. Chakana savdo korxona (shahobcha)lari tovarlari erkin chakana baholarda sotadi. Lekin bozorda baho siyosatiga iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilar yoki chet el ta’minotchilari xiyla darajada ta’sir qiladi. Ya’ni uni shakllanishiga asos soladi, bu holatga savdoning ta’siri katta emas. Shu sababli savdo korxona (shahobcha)lari tovar ishlab chiqaruvchilarini baho siyosatini hisobga olmay iloji yo‘q