Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə59/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

To‘rtinchidan, savdo ustamalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Beshinchidan, mo‘ljallangan davrga baholar, soliqlar, har xil to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Oltinchidan, muomala xarajatlarini prognozi.
Yettinchidan, kelajakda korxonani o‘z aylanma mablag‘lari miqdori, asosiy fondlarni yangilash, rekonstruksiya kilish to‘g‘risidagi prognoz ma’lumotlari va boshqalar.
Foydani uning tarkibiy turlari, ya’ni tovarlarni sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan foyda, soliq to‘langungacha olingan foyda va yilning sof foydasi bo‘yicha alohida hisob-kitoblar qilinib, alohida rejalashtirilishi va prognoz qilinishi lozim.
Yuqoridagilar foydani rejalashtirib qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlab turibdi.
Foydani rejalashtirishda kanday maqsad nazarda tutiladi?
Asosiy maksad korxonani kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan miqdordagi foydaga erishish. Ushbu maqsad kanday ta’minlanadi degan savol tabiiy tug‘iladi?
Unga erishish uchun korxona aholi talabiga javob beradigan, yuqori sifatli tovarlarni sotilishi va iste’mol qilinishi uchun yuqori darajadagi xizmatni tashkil qilishidan bog‘liqdir. Shunday qilib, foydani rejalashtirish maqsadini ikkinchi tomoni namoyon bo‘ladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun foydani rejalashtirishda quyidagi vazifalar qo‘yilishi shart.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- asosiy maqsadga erishishni ta’minlaydigan tijorat g‘oyalarini aniqlash;
- foydaga ta’sir qiluvchi barcha omillarni o‘tgan yillarga kompleks tahlil qilish va kelajakka prognoz qilish;
- foydaga bevosita ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib, korxonani bezararlik nuqtasini aniklash;
- bozor raqobati sharoitida barcha resurslardan oqilona, ratsional foydalanish, xarajatlarni tejamligini, natijalarini optimalligini ta’minlash;
- rejani bozor kon’yunkturasi o‘zgarish ehtimollariga mo‘ljallangan muqobil variantlarini tayyorlash;
- ishlab chikarilgan holda kabul kilingan rejani bajarilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni belgilash va nazorat kilish.
Foyda va rentabellikni rejalashtirishda bir qancha usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Ular qatoriga kuyidagilarni kiritish mumkin:
- daromadlar va xarajatlar balansi;
- texnik-iqtisodiy hisob-kitob usuli;
- tajribaviy-statistik usuli;
- bezararlik nuqtasini aniqlash usullari;
- elastiklik koeffitsientlarini qo‘llash usuli;
- iqtisodiy-matematik usullar (korrelyatsiya va regressiya usullari).
Balans usuli amaliyotda eng keng qo‘llaniladigan usullardan biri bulib, unda balansning chap qismida savdo korxonasining barcha daromadlari miqdori keltiriladi, ung qismida xarajatlarning barcha turlari miqdori va korxonaning foydasi kursatiladi. Balans tarkibini kuyidagi shaklda tszishni tavsiya kilamiz.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin